Özbekistonning Britaniya bilan moliyaviy hamkorligi yangi bosqiçga çiqadi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Investitsiyalar böyiça davlat vaziri, lord Jeyson Stokvud boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda Buyuk Britaniyaning UK Export Finance, Standard Çartered UK, Sturgeon Capital, Endeavour Mining va Britiş Petroleum kabi yetakçi kompaniyalari, banklari va moliya institutlari rahbarlari iştirok etgan.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini körib çiqqan.
Ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy surati takidlangan. Tovar ayirboşlaş hajmi va Britaniya sarmoyasi iştirokidagi korxonalar soni jadal ösib bormoqda.
Toşkent xalqaro moliya markazi, Xalqaro tijorat sudi va kapital bozorini rivojlantiriş hamda farmatsevtika, suniy intellekt va energetika sohalarida texnologik şeriklikni kengaytiriş böyiça takliflar qöllab-quvvatlangan.
Moliya, infratuzilma, davlat-xususiy şeriklik, “yaşil” energetika, transport, geologiya va neft-gaz sohalarida, şu jumladan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş va çiqindilarni qayta işlaş böyiça qöşma loyihalarni ilgari surişga alohida etibor qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenov va Birlaşgan Arab Amirliklari Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy energetika boşqarmasi rahbari Van Xunçji boşçiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.