Energiya tejovçi uskuna örnatgan ayrim korxonalar kreditining bir qismini davlat qoplaydi
Özbekistonda Energiya tejovçi uskuna örnatgan quriliş materiallari korxonalari kreditining bir qismini davlat qoplaydi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan quriliş materiallari tarmoğida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida malum qilindi.
Qayd etilişiça, sönggi ön yilda quriliş materiallari tarmoği korxonalari foydalanadigan şartli yoqilği hajmi 2 karra kamaygan.
Sohadagi elektr istemolining 65 foizi töğri keladigan 34 ta yirik korxonada energiya auditi ötkazilgani hisobiga ötgan yilning özida 240 million kilovatt-soat elektr tejalgan.
Lekin bu hali kam ekani qayd etilgan. Viloyat hokimlariga quriliş materiallari korxonalarini texnologik modernizatsiya qiliş orqali energiya sarfini kamaytiriş böyiça katta dasturni boşlaş topşirilgan.
Bunda isitiş va quritiş peçi, tegirmon va energiya sarfi yuqori boşqa uskunalarni energiya tejamkoriga almaştirgan korxonalarga sömdagi kreditining 7 foizi, xorijiy valyutada bölsa, 4 foizi kompensatsiya qilib beriladi.
Bu yil yana 38 ta yirik korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilib, 400 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qiliş zarurligi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 43 milliard dollarlik 177 ta kelişuvga erişilganini malum qilib, har bir bitim amaliy loyihalar, yangi iş örinlari va yuqori qöşilgan qiymatga aylanişi şartligini takidlagani haqida xabar berilgan edi.