1 iyuldan elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulaniş uçun texnik şart oliş yengillaşadi
14-04-2026, 18:42
284 марта

1 iyuldan elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulaniş uçun texnik şart oliş yengillaşadi
Quriliş qilayotganlarga elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanişda 1 yuldan boşlab yengillik beriladi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida aytildi.Qayd etilişiça, ötgan yili quriliş bilan boğliq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uçdan biri rad etilgan.
“Masullar “Kamçiligi uçun qaytardik”, deb aytadi. Lekin içiga kirib tahlil qilsa, masala köp. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga çek qöyişning birdan bir yöli – raqamlaştiriş va suniy intellekt”, deydi davlat rahbari.Aholi va tadbirkorlar quriliş qiliş uçun avval loyihalaşga ruxsat olişga, keyin arxitektura rejalaştiriş topşiriği işlab çiqişga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflayotgani tanqid qilindi.
Toşkent şahrida 2 ta xizmatni bir bosqiçda körib çiqiş yölga qöyilgani uçun hujjatlarni kelişiş vaqti 3-4 karra kamaygan. Uşbu tajribani 1 iyuldan boşlab, respublikaning barça hududlarida joriy qiliş topşirildi.