Endi hokimlar böş turgan binolarni sotişga javobgar böladi
14-04-2026, 18:38
176 марта

Endi hokimlar böş turgan binolarni sotişga javobgar böladi
Endilikda xususiylaştiriş dasturiga obektlarni kiritiş, ularni sotiş va investitsiya samaradorligi böyiça hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob beradi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida söz bordi.
Hokimlarga buning oqibatida 4 ming gektar yerni aktivga aylantiriş, xususiylaştiriş hisobidan budjetga 550 milliard söm qöşimça tuşum boy berilgani körsatib ötildi. Uç oyda yerlarni xususiylaştiriş böyiça arizalarga inson omilisiz 5-10 daqiqa içida onlayn javob beradigan tizimga ötiş topşirildi.
Boş rejalarni tasdiqlaş orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin boş rejada körsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yöllar qaçon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yöqligi tanqid qilindi.
Aslida, har bir boş rejani röyobga çiqariş böyiça yilma-yil kompleks dastur qilinib, aholi, tadbirkor va masullarga yetkazilişi kerakligi qayd etildi. Bunday dasturlar yöqligi uçun ham infratuzilmaga 1 sömlik xarajat ketadigan joyga 2-3 karra köp mablağ sarflanayotgani, pala-partiş qurilişlar haligaça davom etayotgani körsatib ötildi.
Har bir viloyat hokimiga ikki oyda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan boş rejalarini röyobga çiqariş böyiça kompleks dasturlarni işlab çiqiş topşirildi.
Mutasaddilarga kompleks dasturlardagi tadbirlarning qaysi biri respublika va mahalliy byudjetdan, qaysilari xalqaro moliya taşkilotlari hisobidan bölişini aniq belgilab beriş vazifasi qöyildi.
Sönggi tört yilda auktsionda sotilgan 11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida quriliş boşlanmagan. Oqibatda qöşimça 100 ming iş örni, 20-25 trillion söm qöşilgan qiymat yöqotilayotgani qayd etildi.
Auktsionga çiqarilgan 582 gektar yer uçastkasi, 122 ta davlat obekti bir yildan beri sotilmay turibdi.