Samarqand hokimi öqituvçilarga köçani nazorat qilişni buyurdi
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev oliy talim muassasalari rektorlari bilan uçraşuvda öqituvçilarga köçalarni nazorat qiliş topşiriğini berdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Adiz Boboyevning sözlariga köra, viloyatda mavjud barça oliy talim muassasalariga köçalar biriktiriladi va undagi öqituvçi-professorlar özi biriktirilgan köçalarga masul böladi.
“Hamma institutga, oliy talim muassasasiga bittadan, ikkitadan, kimgadir uçtadan, kilometriga qarab, kattaligiga qarab turib, sohasiga qarab turib, hamma yoğini öylaymiz-u, köça beramiz. Mana şu köça falon institutga böladi. Men sizlarga u yerga bir daraxt ekinglar, trotuar qilinglar, yoki boşqa qilinglar demayman. Sizlar öşa köçaning egasi bölasizlar, öşa köçaga egalik qilasizlar”, degan hokim uçraşuvda.
Boboyevning takidlaşiça, biriktirilgan köçalarning tozaligi har kuni tongda ustozlar tomonidan nazorat qilinadi. Hokim buva bu jarayonga, hattoki, öquvçi-talabalar ham jalb etilişi mumkinligini bildirgan.
“Qanaqadir özlaringizning öqituvçilaringiz bor, özlaringizning öquvçilaringiz bor. Har kuni ertalab bitta öqituvçi bunday bir aylanib keladi, bir öqituvçi öşa yerdan bir piyoda yuradi, soğliqqa ham foydasi bor ”, deydi Boboyev.

Viloyat hokimining sözlariga köra, nazorat jarayonida öqituvçilar köçaning qaysi qismi nosoz yoki tamirtalab, qayeriga köçat ekiş kerak yoki qaysi qismida köçatga kasallik kelib qolgani kabi muammolarni bilib borişi kerak böladi. Şuningdek, köça nazorati yuklamasiga ega bölgan öqituvçi yoki OTM xodimlari hokimlikka nazorat davomida uçragan muammolarning yeçim takliflarini ham berişiga töğri keladi.
“Bitta köçat, köçada tört xil, beş xil aralaştirib taşlab yuborilgan köçat, misol uçun. Şunaqa bir ming xil masala bor-da. Şularni sizlar olasizlar-u, şu köçaga bir boşdan özlaringizga bitta “darojniy" kartoçka” qilib olasizlar”, degan hokim.
Adiz Boboyevning topşiriğiga köra, biriktirilgan OTMlar köçalarning qaysi qismida köçatlar yöqligi haqida röyxat şakllantirib boradi.
“Qayerda köçat yöq bölsa, öşaning röyxatini qilasizlar. Qanaqa köçat kerakligini öşa köçatdan toptiriladi. Mana ikki oydan keyin kuz keladi. Noyabrda eksa böladi. Palapartişga kelgan joylarni almaştiramiz. Qayerda kustarnik ekiş kerak bölgan bölsa, uni ham körasizlar” deb topşiriq bergan Boboyev.
Samarqand viloyati hokimligining qayd etişiça, şahar köçalarini oliy talim muassasalariga biriktiriş taşabbusi kökalamzorlaştiriş işlariga yangiça yondaşuvni joriy etişga xizmat qiladi.
Malumot uçun, Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qiliş va ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralaşiş qonun bilan taqiqlanadi. Şuningdek, pedagoglarni haşar işlariga, hududlarni obodonlaştirişga, qişloq xöjaligi işlariga yoki boşqa majburiy mehnat turlariga jalb qiliş mumkin emas.
Qonunda pedagoglarni öz vazifasiga aloqador bölmagan işlarga majburiy jalb etgan, ularning dars beriş jarayoniga aralaşgan yoki xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilgan mansabdor şaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişi belgilab qöyilgan.