USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident matbuot va OAV xodimlarini tabrikladi

76 марта
Президент матбуот ва ОАВ ходимларини табриклади

Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Özbekistonning bosma va internet naşrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, naşriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkaş jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. 

“Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barça jurnalistlarni özim uçun doimiy maslakdoş, jonkuyar döst deb bilişimni yana bir bor izhor etaman.

Bu yil uşbu qutluğ ayyom milliy matbuotimiz asosi – jadid bobolarimiz tomonidan “Taraqqiy” gazetasi taşkil etilganiga 120 yil, yurtimizda radioeşittirişlar ilk bor tajriba tariqasida uzatilganiga 100 yil tölgan kunlarda nişonlanayotgani unga alohida şukuh bağişlamoqda.

Biz bundan ön yil oldin demokratiya, oçiqlik va şaffoflik tamoyillari, “Inson qadri uçun, inson baxti uçun!” degan ezgu ğoyaga tayangan holda Yangi Özbekistonni qurişga kirişgan edik. Ötgan qisqa davrda köp millatli xalqimizning fidokorona va şarafli mehnati bilan bu borada ulkan yutuqlarni qölga kiritdik”, deyiladi Prezident tabrigida.

Şuningdek, tabrikda jamiyatda söz erkinligini taminlaş, ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini kengaytiriş, axborot sohasini raqamlaştiriş va zamonaviy mediamakonni şakllantiriş borasida etiborga loyiq işlar amalga oşirilayotgani qayd etilgan.

“Yaratilgan mustahkam huquqiy asos, berilgan imtiyoz va preferentsiyalar natijasida sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, uning tarkibida xususiy sektorning uluşi yildan yilga oşib bormoqda. Hozirgi kunda qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositalarining 67 foizi, noşirlik subektlarining 90 foizdan ortiği, matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri kelmoqda. Joriy yilda naşriyotlarning işlab çiqariş quvvati ötgan yilga nisbatan ikki barobar ortib, örtaça 15 ming nomdagi jami 60 milliondan ortiq nusxada kitoblar naşr etildi”, deyiladi tabrikda.

Qayd etilişiça, mazkur körsatkiçlar mamlakatda axborot sohasini liberallaştiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş, media faoliyatini qöllab-quvvatlaş işlari hamda axborot xizmatlari bozori kengayib borayotganidan dalolat beradi. Axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning işonçli ekaniga alohida etibor qaratiş mamlakatda ham muhim könikmaga aylangan. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoşni qamrab oladigan zamonaviy talim tizimi şakllantirilgan.

“Biz erkin va masuliyatli, xalqçil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanişining zarur şartlaridan biri deb bilamiz.  Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uçun imkoniyatlarni yanada kengaytiriş, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuçaytiriş, kasb mahorati va malakasini oşiriş, jumladan, ijtimoiy himoyasini taminlaş, mehnatini rağbatlantiriş, soğliğini mustahkamlaş va yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan yangi çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

Şuningdek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini takomillaştiriş, uning nufuzini oşiriş va islohotlar jarayonidagi iştirokini kengaytiriş zarur deb öylayman. Nega deganda,  tez özgarayotgan bugungi davrning özi uşbu jamoat birlaşmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöymoqda. Jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga huquqiy va informatsion-texnologik yordam körsatiş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda kasbiy birdamligini taminlaş kabi masalalarga jiddiy etibor qaratişni hayotning özi taqozo etmoqda”, deyiladi Prezident tabrigida.

Şuningdek, unda ilk bor mamlakat böylab uç oy davomida 12 mingdan ortiq soha vakillari, jumladan, yoş jurnalistlarni jalb qilgan holda ötkazilgan Media haftalik tadbirlarini kelgusida ham davom ettiriş muhim ahamiyatga ega ekani bildirilgan.

“Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat örtasida mustahkam köprik vazifasini bajariş barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlaştiradigan, yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli manaviy kuçga aylanişi uçun barça yordam va kömakni körsatişga doimo tayyorman.

Muhtaram matbuot ahli!

Fursatdan foydalanib, bugungi quvonçli sana munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bölgan soha xodimlarini çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Qalamingiz hamişa ötkir, sözingiz haqqoniy va tasirçan, ijodingiz barakali bölsin!” deyiladi tabrikda.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: