Oçiqlikni taminlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri – Şerzod Asadov
Bugungi kunda axborot makonida oçiqlikni taminlaş, mustaqil jurnalistikani qöllab-quvvatlaş, raqamli media imkoniyatlarini kengaytiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov jurnalistlar bilan ötkazilgan Media forumda söz oçdi.
Uning bildirişiça, joriy yilda Özbekistonda ommaviy axborot vositalari soni 2700 tani taşkil etib, 2025 yilga nisbatan 15 foizga ösgan. Naşriyot subektlari soni 659 taga yetib, 11 foizga, matbaa korxonalari soni esa 1826 taga yetib, 29 foizga oşgan. Şuningdek, ommaviy axborot vositalarining qariyb 67 foizi, naşriyot subektlarining 90 foizdan ortiği, matbaa korxonalarining esa 83 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri kelmoqda.
“Albatta, soha rivojini faqat raqamlar bilan ölçab bölmaydi. Bugun biz uçun eng muhim vazifa axborot maydonida sifat, xolislik, işonç va professional masuliyat mezonlarini yanada mustahkamlaşdir. Çunki kuçli media bu avvalo jamiyat işonadigan, faktlarga tayanadigan va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan media demakdir. Prezidentimiz takidlaganlaridek, bugungi kunda matbuot işi axborot sohasi mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvçi ahamiyatga ega”, deydi Asadov.
Uning aytişiça, Özbekiston axborot makonida milliy kontent yaratilmasa, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlar nuqtai nazaridan baho berilmasa, bu işlar xorijdan turib amalga oşirilişiga imkon yaratilgan böladi.
“Çunki odamlardagi yangilik, tahliliy malumotlar, real voqealarga bölgan ehtiyojni biz töldirmas ekanmiz, buni boşqa qiladi. Axborot makonida oçiqlikni taminlaş, mustaqil jurnalistikani qöllab-quvvatlaş, raqamli media imkoniyatlarini kengaytiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda”, deydi Prezident matbuot kotibi.
Şerzod Asadovga köra, bugun davlat milliy media maydonida faqat tartibga soluvçi emas, balki rağbatlantiruvçi va hamkor sifatida ham faol iştirok etmoqda. Şu manoda davlat jamiyat uçun muhim masalalarni dadil kötarayotgan, kuçli fuqarolik pozitsiyasini namoyon etayotgan yoş ijodkorlar, jurnalistlar va blogerlarni doimo qöllab-quvvatlaşga tayyor.
“Aziz hamkasblar, bugungi oçiqlik siyosati media sohasi oldiga ham yangi talablarni qöymoqda. Endi jurnalistika nafaqat tezkor axborot yetkaziş, balki jamiyatda soğlom fikr, xolis tahlil va masuliyatli muloqot madaniyatini şakllantirişda ham muhim kuçga aylanmoqda”, deydi Şerzod Asadov.
Şuningdek, u jamiyatda qonuniylik, oçiqlik, inson qadri va adolat tamoyillarini mustahkamlaşda jurnalistlarning fidokorona mehnati beqiyos ahamiyatga ega ekanini qayd etgan. Asadovning aytişiça, bugun media davlat va jamiyat örtasidagi muhim köprikka aylangan.
“Islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tuşunarli tilda yetkaziş, odamlarning fikri va muammolarini masul idoralarga olib çiqiş, jamoatçilik bilan oçiq muloqotni kuçaytirişda biz sizlarga tayanamiz. Ayniqsa, yoşlar ongi va dunyoqaraşini şakllantiriş, milliy asrab-avaylaş, axborot hujumlariga qarşi immunitetni kuçaytirişda media vakillarining örni beqiyos”, deydi u.