Özbekistonda rasmiy band aholi soni 14 million nafarga yetkaziladi
2030 yilgaça Özbekistonda rasmiy band aholi sonini 14 million nafarga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va sohada prokuror nazorati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, keyingi yillarda bu borada tizimli işlar amalga oşirilgan, xususan, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça maxsus va hududiy komissiyalar faoliyati yölga qöyilgan, soliq va bojxona organlarida xavf tahlili hamda segmentlaş tizimlari joriy etilib, qonunçilikdagi yaşirin aylanmalarga yöl oçayotgan bir qator “tuynuk”lar yopilgan, qonunga itoatkor tadbirkorlarni rağbatlantiriş çoralari esa kuçaytirilgan.
Amalga oşirilgan çoralar natijasida sönggi ikki yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 35 foizdan 23 foizgaça kamaygan, byudjetga qöşimça 38 trillion söm undirilgan, rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oşgan, rasmiy örtaça iş haqi esa 6,5 million sömga yaqinlaşgan.
Şu bilan birga, yaşirin iqtisodiyot uluşi hali ham yuqoriligiça qolmoqda. Statistik baholaşlarga köra, joriy yilning birinçi çoragida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qişloq xöjaligida 81,1 trillion sömni, savdo va xizmat körsatiş sohasida 24,5 trillion sömni, qurilişda 23,9 trillion sömni, sanoatda esa 6,7 trillion sömni taşkil qilmoqda.
Yaşirin iqtisodiyot byudjet daromadlarini kamaytiriş bilan bir qatorda mamlakatdagi soğlom raqobat muhitiga salbiy tasir körsatiş, norasmiy bandlik tufayli fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganlik darajasini pasaytiriş, aholi (istemolçilar) hamda tadbirkorlik subektlarining qonun bilan belgilangan kafolat va qöllab-quvvatlaş mexanizmlaridan töliq foydalana olmaslik kabi oqibatlarga olib keladi.
Mamlakatda 2030 yilgaça yaşirin iqtisodiyot hajmini ikki barobar qisqartiriş, rasmiy band aholi sonini 14 million nafarga, naqdsiz tölovlar uluşini 75 foizga yetkaziş maqsad qilingan.
Davlat rahbari tomonidan suniy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda sohalar va hududlar kesimida yaşirin iqtisodiyot xavfi, ehtimoliy byudjet yöqotişlari va qöşimça daromad manbalarini aks ettiradigan yagona raqamli platformani yaratiş, uşbu platforma yordamida xufiyona aylanmalarni keltirib çiqarayotgan omillarni aniqlaş hamda bartaraf etiş zarurligi böyiça körsatmalar berilgan.
Taqdimotda aynan şu maqsadda Boş prokuratura tomonidan yaratilgan va sinov tariqasida işga tuşirilgan “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” platformasining imkoniyatlari haqida axborot berilgan.
Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmoği, 85 ta soha, 14 ta mamuriy hudud va 208 ta tuman-şahar kesimida yaşirin aylanmalar xavfini aniqlaş va masullar tomonidan ularning bartaraf etilişini nazorat qiliş orqali byudjet daromadlarini oşiriş hamda soğlom raqobatni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Platformani işlab çiqişda soliq, bojxona, moliya, iqtisodiyot, statistika, ekonometrika va ehtimollar nazariyasi yönalişlari böyiça bir qator malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzdan ortiq xavf mezonlari işlab çiqilgan hamda ularga hudud va tarmoqlarning öziga xos xususiyatlari, soliq rejimi, tovar aylanmasi, byudjet uçun ahamiyati va boşqa omillarni inobatga olgan holda individual koeffitsiyentlar belgilangan.
Soha va hududlar kesimida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy byudjet yöqotişlarini aniqlaş maqsadida platformaga 16 ta masul vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilingan va barça malumotlarni real vaqt rejimida qayta işlaş imkoniyati yaratilgan.
Platforma tahlillari asosida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy byudjet yöqotişi miqdoridan kelib çiqib, soha va hududlar avtomatik tarzda “yaşil”, “sariq” hamda “qizil” toifalarga ajratiladi.
Mazkur platforma orqali litsenziyasiz faoliyat yuritiş, haqiqiy aylanma, iş örinlari va mehnatga haq tölaş jamğarmasini yaşiriş, rentabellik va foydani kamaytiriş kabi xavflar avtomatik aniqlanadi.
Taqdimotda platformaning imkoniyatlaridan foydalangan holda sohada prokuror nazoratini raqamlaştiriş orqali uni yangi bosqiçga olib çiqiş taklif etilgan.
Mazkur jarayonda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga masul vazirlik va idoralarning kuç va vositalari platforma tahlillari asosida manzilli yönaltiriladi, ularni nazorat qilişda esa inson omili yanada kamaytiriladi. Yaşirin iqtisodiyot xavfi yuqori bölgan soha va hududlar avtomatik tarzda aniqlanadi, sabablar tahlil qilinadi, masul idoralarga manzilli topşiriqlar beriladi, ijro nazorat qilinadi va natijalar baholab boriladi.
Agar tuman yoki şahar darajasida muammo hal etilmasa, masala viloyat bosqiçiga, zarur hollarda respublika darajasiga olib çiqiladi. Tizim orqali muammoning ildiz sabablari aniqlanib, uni bartaraf etiş, qonunçilikni takomillaştiriş va byudjet daromadlarini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.
Davlat rahbari yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişda asosiy etibor raqamlaştiriş, malumotlar almaşinuvini kuçaytiriş, inson omilini kamaytiriş va nazoratni manzilli taşkil etişga qaratilişi zarurligini yana bir bor takidlagan.
Masullarga 1 oktyabrga qadar 70 dan ortiq axborot tizimini platformaga integratsiya qiliş, 1 yanvarga qadar barça hududlar va sohalarni uşbu platforma bilan qamrab olib, töliq işga tuşiriş topşirilgan.
Şuningdek, barça tadbirkorlik subektlari uçun teng raqobat şaroitlarini yaratiş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişda mutasaddilarning masuliyatini oşirişda prokuror nazoratini kuçaytiriş vazifasi qöyilgan.