Özbekistonda çiqindi poligonlari 50 foizga qisqartiriladi
1-05-2026, 07:46
116 марта

Özbekistonda çiqindi poligonlari 50 foizga qisqartiriladi
Özbekistonda 2030 yilga borib çiqindi poligonlari sonini 50 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan tabiatni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni taminlaş, çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantiriş böyiça takliflar taqdimotida söz boradi.Qayd etilişiça, çiqindilarni boşqariş sohasidagi işlar ham atrofliça tahlil qilingan. 2025 yilda sanitar tozalaş xizmati qamrovi mahallalar kesimida 88 foizga yetgan, sohaga maxsus texnikalar, motorollerlar va konteynerlar yetkazib berilgan, 132 ta poligon atrofi kökalamzorlaştirilgan, 47 ta poligon faoliyati töxtatilgan.
Joriy yilda sanitar tozalaş korxonalariga qöşimça maxsus texnika va konteynerlar yetkazib berib, qamrovni 90 foizga yetkaziş, 18 ta poligonni rekultivatsiya qiliş, 2030 yilga borib, poligonlar sonini 50 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan.
Çiqindilarni qayta yuklaş stantsiyalarini quriş orqali logistika xarajatlarini kamaytiriş, saralaş va qayta işlaş hajmini oşiriş, poligonlarga tuşadigan yuklamani qisqartiriş muhimligi takidlandi. 2026 yilda 28 ta, 2030 yilgaça esa 70 ta qayta yuklaş stantsiyasini quriş közda tutilgan.