Toşkentda “svet” öçişi 55 istemolçiga tasir qilgani malum böldi
Avvalroq, Toşkent şahridagi “Yuksak” podstantsiyasida sodir bölgan avariyaviy holat sabab poytaxtdagi 4 tumanda va Toşkent viloyatidagi 1 tumanda elektr energiyasi uzilib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Dastlabki örganişlarga köra, podstantsiyadagi 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda “Toşkent IEM”dagi 2 ta gaz turbina qurilmasi jami 60 MVt quvvat bilan öçgan. Şu sababli Toşkent şahrining Yakkasaroy, Çilonzor, Mirobod va Uçtepa tumanlari hamda Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 mingta istemolçi, şuningdek, ayrim kiçik işlab çiqariş sanoat korxonalarining elektr taminoti uzilgan.
Bildirilişiça, tezkor avariya-tiklaş işlari natijasida:
- 21:50 da Yakkasaroy, Çilonzor va Uçtepa tumanlaridagi 90 MVt yuklamadagi istemolçilarning elektr taminoti tiklangan;
- 29 iyun soat 00:08 da Mirobod tumanidagi 50 MVt yuklamadagi istemolçilarning elektr taminoti tiklangan;
- 00:09 da Yakkasaroy va Çilonzor tumanlaridagi yana 8 MVt yuklamadagi istemolçilarning elektr taminoti tik tiklangan;
- 00:25 da Çilonzor tumani hamda Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 MVt yuklamadagi istemolçilarning elektr taminoti tiklangan.
Bugun, tonggi 03:56 dagi xabarga köra, “Yuksak” podstantsiyasida kuzatilgan nosozlik oqibatida elektr taminotida uziliş yuzaga kelgan barça istemolçilarning elektr taminoti töliq tiklangan.
Eslatib ötamiz, avvaoroq elektr energiyasi öçib qolişi oqibatida Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida joylaşgan istirohat boğidagi attraktsionlarda fuqarolar qolib ketgani haqida xabar berilgan edi.