Özbekistondagi eng kam aholi yaşaydigan hududlar malum böldi
2026 yil 1 aprel holatiga köra, Özbekistonda doimiy aholisi eng kam bölgan hudud Navoiy viloyatidagi Ğozğon şahri bölib, unda atigi 9 ming 500 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qömita malumotlariga köra, aholisi eng kam hududlar reytingida ikkinçi örinni Navoiy viloyatining Tomdi tumani egallagan. Tumanda 15 ming 300 nafar aholi yaşaydi. Uçinçi poğonadan esa 19 ming 400 nafar aholi bilan Sirdaryo viloyatidagi Şirin şahri joy olgan.
Şuningdek, röyxatning keyingi örinlaridan Qorovulbozor tumani (20 ming 700 nafar), Bözatov tumani (21 ming 800 nafar), Yangiobod tumani (30 ming 600 nafar), Möynoq tumani (34 ming 100 nafar), Konimex tumani (36 ming 800 nafar), Taxtaköpir tumani (38 ming 900 nafar) hamda Uçquduq tumani (39 ming 900 nafar) örin olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda aholisi eng köp bölgan tuman va şaharlar reytingi ham elon qilingan edi. Unga köra, Namangan şahri 731 ming 300 nafar aholi bilan mamlakatdagi eng gavjum hudud sifatida qayd etilgan. Samarqand şahri esa 607 ming 600 nafar aholi bilan ikkinçi örinni egallagan.