USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bir nafar aholini röyxatga oliş qançaga tuşgani aytildi

221 марта
Бир нафар аҳолини рўйхатга олиш қанчага тушгани айтилди
Özbekistonda ötkazilgan aholini röyxatga oliş jarayoni uçun qariyb 4,5 million AQŞ dollaridan köp mablağ sarflangan. Bu haqda Statistika qömitasining aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirining dastlabki natijalariga bağişlangan matbuot anjumanida malum qilindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bir nafar aholini röyxatga oliş uçun sarflangan xarajat 0,12 AQŞ dollarini taşkil etgan.

Avvalroq xabar qilinganidek, röyxatga olişning dastlabki natijalariga köra, Özbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni taşkil etgan bölib, jarayonda umumiy aholining 97,3 foizi röyxatga olingan. Umumiy harajat summasi esa, yani 4,5 million AQŞ dollari mana şu raqamlar asosida keltirilgan bölib, bu hali rasmiy isbotini topmagan.

Şuningdek, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirining dastlabki natijalariga köra, aholining 35,7 million nafari yoki 91,3 foizi özbek tilini ona tili sifatida körsatgan. Qayd etilişiça, bu körsatkiç etnik özbeklar uluşidan 1,9 foiz punktga yuqori.

Malum qilinişiça, aholining millatlar böyiça tarkibida özbeklar uluşi 89,4 foizni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirining dastlabki natijalariga köra, Özbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro röyxatga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: