USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Har bir vazir va hokim kamida 10 mlrd sömlik vençur jamğarma taşkil etadi

103 марта
Ҳар бир вазир ва ҳоким камида 10 млрд сўмлик венчур жамғарма ташкил этади

Özbekistonda innovatsion startaplarni qöllab-quvvatlaş maqsadida har bir vazir, tarmoq rahbari va hokim kamida 10 milliard sömlik vençur jamğarma taşkil etadi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşuvda malum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oşirişni rejalaştirgan. Bunga erişiş uçun barça sohalarga yangi ğoyalarni olib kiradigan innovatsion startaplarni rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega.

“Biz 2030 yilgaça iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oşirişni reja qilganmiz. Bunga erişiş uçun barça sohalarga yangi ğoya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”, deydi Prezident Şavkat Mirziyoyev.

Bildirilişiça, sönggi töqqiz yilda Özbekistonda startap ekotizimi 15 barobar ösib, qiymati 4 milliard dollardan oşgan. Vençur jamğarmalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali esa 200 million dollarga yetgan. Şu davrda 1 ming 200 dan ortiq istiqbolli startap loyihasi yölga qöyilgan bölib, mazkur sohada 3 mingdan ziyod yoş yuqori daromad topmoqda.

Şuningdek, “Global startap indeksi”da Özbekiston 31 poğonaga kötarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi hamda “2026 yil mamlakati” deb etirof etilgani takidlangan.

Prezident endilikda har bir vazir, tarmoq rahbari va hokim “1 mingta masalaga – yoşlardan 1 mingta yeçim” loyihasini yölga qöyişini malum qilgan. Unga köra, rahbarlar öz tizimidagi dolzarb muammolarni oçiq platformaga joylaştirib, eng yaxşi yeçimlar uçun mukofot elon qiladi.

Har bir vazir va hokim taşkil etadigan vençur jamğarmalari mablağlari ğoliblarni taqdirlaş hamda 20 tadan eng yaxşi startapni ğoyadan amaliyotgaça bölgan barça bosqiçlarda moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, Yoşlar agentligi biznes, axborot texnologiyalari va kreativ iqtisodiyot yönalişidagi eng yaxşi 100 ta loyihani saralab olib, ularning har biriga 1 milliard sömgaça investitsiya kiritişi malum qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq xorijning nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarni mahalliy iş beruvçilar bilan boğlaydigan raqamli muloqot platformasi bir oy içida işga tuşirilişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: