USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yana bir iqtisodçi Akayevning Karimov haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

180 марта
Яна бир иқтисодчи Акаевнинг Каримов ҳақидаги фикрларига муносабат билдирди

Avvalroq, Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov davridagi yopiq siyosat qöşni davlatlar tadbirkorlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratganini aytgan edi. Özbekistonlik iqtisodçi Yuliy Yusupov Akayevning mazkur fikrlariga munosabat bildirdi.

Yuliy Yusupovning yozişiça, u qöşni davlatlardagi tadbirkorlar, amaldorlar va oddiy fuqarolardan Islom Karimov davrida Özbekistonda yuritilgan yopiq iqtisodiy siyosat tufayli özbek tovarlari va xizmatlari ularning bozorlarini egallamagani, bu esa qöşni mamlakatlar uçun iqtisodiy imkoniyat yaratgani haqidagi fikrlarni köp bor eşitgan.

Şu örinda, u Karimov davri iqtisodiy siyosati haqida tarqalgan bir latifani ham misol keltirgan. Unda Özbekistonda valyuta konvertatsiyasining çeklanişi, bozorlar va xususiy biznesga qöyilgan tösiqlar natijasida savdo, sarmoya va tadbirkorlarning bir qismi Qozoğistonga yönalgani, bu esa qöşni mamlakat iqtisodiyoti uçun qöşimça imkoniyatlar yaratgani hazilomuz tarzda tasvirlangan.

Malumot uçun, Asqar Akayev 2005 yil 24 mart voqealaridan keyin Qirğizistonni tark etgan va öşa yilning 3 aprelida rasman istefoga çiqqan. 2021 yilda u “Qumtor” oltin koni böyiça jinoyat işi doirasida körsatma beriş uçun Qirğizistonga kelgan va öşanda loyihani amalga oşirişda yöl qöyilgan xatolar uçun xalqdan oşkora uzr söragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik iqtisodçi Mirkomil Xolboyev hamda Behzod Hoşimovlar Akayevning mazkur fikrlariga javob qaytargan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: