USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston yopilmaganida, Qirğiziston ham bugungidan boyroq bölardi – Mirkomil Xolboyev Akayevga javoban

220 марта
Ўзбекистон ёпилмаганида, Қирғизистон ҳам бугунгидан бойроқ бўларди – Миркомил Холбоев Акаевга жавобан

Avvalroq, Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov davridagi yopiq siyosat qöşni davlatlar tadbirkorlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratganini aytgan edi. Özbekistonlik iqtisodçi Mirkomil Xolboyev Akayevning mazkur fikrlariga javob qaytardi.

Mirkomil Xolboyevning fikriça, Özbekistonning yopiq siyosati mamlakatning öziga zarar keltirgani şubhasiz. Ammo bu holat Qirğiziston va Qozoğistonga foyda bergani haqidagi fikr haqiqatga töğri kelmaydi.

Uning yozişiça, davlatlar örtasidagi savdoda asosiy omil nisbiy ustunlik hisoblanadi. Şu bois bir mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlanişi yoki oçiqligi qöşni davlatni kambağallaştirmaydi. Aksinça, savdo va iqtisodiy integratsiya har ikki tomonga foyda keltiradi.

Iqtisodçi bunga misol sifatida Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi savdo körsatkiçlarini keltirgan.

“Masalan, 1996–2016 yillarda Qirğizistonda örtaça real iqtisodiy ösiş 4,6 foizni, aholi jon boşiga nominal daromadlar ösişi esa yiliga örtaça 5,3 foizni taşkil etgan. 2017 yildan keyin Özbekiston dunyoga oçilganidan söng esa Qirğizistonda örtaça real iqtisodiy ösiş 7,4 foizgaça, aholi jon boşiga daromadlar ösişi esa 11,4 foizgaça tezlaşgan. Yani Qirğiziston tarixidagi eng yuqori iqtisodiy ösiş aynan Özbekiston oçiq siyosat yurita boşlagan davrga töğri kelgan. Şu bilan birga, bu jarayon Özbekistonni ham kambağallaştirmagan. Aksinça, 1996–2017 yillarda mamlakatimizda aholi jon boşiga daromadlar örtaça 5,1 foizga ösgan bölsa, 2017 yildan keyin bu körsatkiç 7,4 foizgaça tezlaşgan”, deb yozgan Xolboyev.

Mirkomil Xolboyev xulosa qilib, Özbekiston mustaqillikdan keyin dunyoga yopilmaganida, katta ehtimol bilan nafaqat Özbekiston, balki Qirğiziston ham bugungidan boyroq bölişi mumkinligini qayd etgan. Uning fikriça, qöşni davlatning yopilişi emas, balki oçiqligi va integratsiyalaşuvi butun mintaqa iqtisodiyotining ösişiga xizmat qiladi.

Malumot uçun, Asqar Akayev 2005 yil 24 mart voqealaridan keyin Qirğizistonni tark etgan va öşa yilning 3 aprelida rasman istefoga çiqqan. 2021 yilda u “Qumtor” oltin koni böyiça jinoyat işi doirasida körsatma beriş uçun Qirğizistonga kelgan va öşanda loyihani amalga oşirişda yöl qöyilgan xatolar uçun xalqdan oşkora uzr söragan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: