USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qirğizistonda haykal qöygan bölardim”. Akayev Karimovning siyosati haqida garirdi

261 марта
“Қирғизистонда ҳайкал қўйган бўлардим”. Акаев Каримовнинг сиёсати ҳақида гарирди

Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning siyosati haqida gapirib, “unga Qirğizistonda haykal qöygan bölar edim”, deya fikr bildirdi. Bu haqda u “Exclusive.kg” podkastida söz oçdi.

Akayevning sözlariga köra, Özbekistonning Karimov davridagi yopiq siyosati öz vaqtida qöşni davlatlar, jumladan, Qirğiziston va Qozoğiston tadbirkorlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratgan.

Uning qayd etişiça, 1990-yillarda u qirğizistonlik tadbirkorlar bozor mexanizmlarini özlaştira olişi va özbek biznesi bilan raqobatlaşa olişiga şubha qilgan. Agar öşa paytda Özbekiston xuddi hozirgi Prezident Şavkat Mirziyoyev davridagidek oçiqroq siyosat olib borganida, qirğiz biznesmenlari uçun raqobatga bardoş beriş ança qiyin bölar edi.

“Hammamiz Islom Karimovdan minnatdor bölişimiz kerak. U Özbekistondagi özbeklarni dunyodan uzib qöydi. Şu orqali u qirğizlar va qozoqlar uçun imkoniyatlar yaratdi. Buning uçun men Islom Karimovga Qirğizistonda haykal qöygan bölardim”, deydi Akayev.

Uning qöşimça qilişiça, aynan şu tufayli qirğizistonlik tadbirkorlar bozor mexanizmlarini özlaştirişga muvaffaq bölgan.

Malumot uçun, Asqar Akayev 2005 yil 24 mart voqealaridan keyin Qirğizistonni tark etgan va öşa yilning 3 aprelida rasman istefoga çiqqan. 2021 yilda u “Qumtor” oltin koni böyiça jinoyat işi doirasida körsatma beriş uçun Qirğizistonga kelgan va öşanda loyihani amalga oşirişda yöl qöyilgan xatolar uçun xalqdan oşkora uzr söragan.

Eslatib ötamiz, 2026 yilning iyun oyida Akayev Issiqköl xalqaro forumida ham iştirok etib, unda Qirğizistonning amaldagi Prezidenti Sadir Japarovga yana bir prezidentlik muddatini berişni taklif qilgandi. U buni iqtisodiy islohotlarni davom ettiriş zarurligi bilan izohlab, “iqtisodiy möjiza” rejasini amalga oşiriş uçun kamida 8-10 yil talab etilişini aytib ötgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: