Soğliqni saqlaş vaziri murojaat bilan çiqdi
Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Odilov korruptsiyaning oldini oliş böyiça jamoatçilikka murojaat yölladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatda qayd etilişiça, korruptsiya – mamlakat taraqqiyotiga tösiq böluvçi jiddiy tahdid hisoblanib, bu illatning oldini oliş, uning har qanday körinişiga qarşi keskin va murosasiz kuraşiş maqsadida Yangi Özbekistonda turli byurokratik tösiqlarga barham berilib, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taminlaşga qaratilgan islohotlar amalga oşirilmoqda.
Prezident ötgan yili Oliy Majlis va özbek xalqiga Murojaatnomasida korruptsiyani jamiyatda işonç muhitini izdan çiqaradigan jiddiy tahdid deya tariflab, unga qarşi “favqulodda holat” elon qilgan edi. Vazirning bildirişiça, mazkur strategik siyosatni amalga oşiriş maqsadida Prezidentning 2026 yil 5 maydagi tegişli farmoniga muvofiq, vazirlik tuzilmasi qayta taşkil etilmoqda.
Şuningdek, sohada korruptsiyaviy risklarni erta aniqlaş, ularga çek qöyiş va byudjet mablağlari maqsadsiz sarflanişining oldini oliş maqsadida şu yilning ötgan beş oyi davomida vazirlik tizimidagi taşkilotlarda masofaviyaudit.uz avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali jami 979 ta holatda 514,9 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar erta aniqlanib, bartaraf etilgan.
Bundan taşqari, tuğuruq muassasalarida homiladorlar va ularning yaqinlaridan “suyunçi” puli yoki kesarça kesiş amaliyoti uçun noqonuniy haq talab qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida barça tibbiyot taşkilotlari, jumladan, tuğuruq komplekslarida “Sirli mijoz” tadbirlarini ötkaziş yölga qöyilgan.
Malum qilinişiça, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining Oçiqlik indeksida Soğliqni saqlaş vazirligi 87,2 ball bilan 97 ta taşkilot orasida 60 poğona yuqorilab, ilk bor “sariq” darajadan “yaşil” darajaga kötarilgan.
“Malumki, korruptsiya bor joyda odamlarning davlatga işonçi yöqoladi. Işonç yöq joyda esa na islohot samara beradi, na adolat qaror topadi”, deydi Odilov murojaatida.
Uning sözlariga köra, vazirlikda boşlangan kadrlarni yangilaş siyosati doirasida kelgusida hududiy soğliqni saqlaş boşqarmalari, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari, umuman, barça davolaş-profilaktika muassasalarini qamrab oliş közda tutilgan. Bu borada aholidan kelib tuşayotgan etiroz va şikoyatlar asosiy mezon bölib xizmat qiladi.
Qolaversa, 2026 yil 1 iyuldan boşlab “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida işga tuşiriladi hamda korruptsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari faoliyati “E-Komplaens” elektron moduli orqali töliq raqamlaştiriladi. Şu bilan birga, suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan samarali yeçimlar işlab çiqiladi.
Eldor Odilov öz murojaatida fuqarolardan tizim taşkilotlari, hududiy boşqarmalar, tibbiyot muassasalari yoki ularning mansabdor şaxslari va xodimlarining korruptsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar töqnaşuvi holatlari, byurokratik tösiqlar, noqonuniy tölovlar talab qilinişi yoki boşqa huquqbuzarliklar böyiça malumotga ega bölsa, vazirlikning “1203” qisqa raqamli “Işonç telefoni” yoki info@ssv.uz elektron poçta manzili orqali xabar berişini söragan.
“Har bir murojaat belgilangan tartibda, tezkor ravişda körib çiqiladi. Murojaatçilarning şaxsi va taqdim etilgan malumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi hamda aniqlangan holatlar böyiça tegişli çoralar köriladi. Işonamanki, birgalikda Yangi Özbekiston tibbiyotini korruptsiyadan xoli, adolatli va şaffof tizimga aylantiramiz”, degan Soğliqni saqlaş vaziri.
Eslatib ötamiz, avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati deyarli töliq tarkibda almaştirilgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Asilbek Anvaroviç Xudayarov Soğliqni saqlaş vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti şöba mudiri lavozimida işlayotgan Eldor Odilov egallagandi.
Şuningdek, Prezidentning 5 may kuni imzolangan “Soğliqni saqlaş tizimida boşqaruv samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Özbekistonda Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi xodimlarning lavozimiga loyiqligi baholanişi belgilandi.