USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning 6 ta hududi transport-logistika sohasiga ixtisoslaştiriladi

172 марта
Ўзбекистоннинг 6 та ҳудуди транспорт-логистика соҳасига ихтисослаштирилади

Özbekistonning oltita hududi transport-logistika sohasiga ixtisoslaştirilişi mumkin. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan transport-logistika tizimini rivojlantiriş va mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça takliflar taqdimotida söz boradi.

Qayd etilişiça, taqdimotda Xonobod va Angren şaharlari, Yangiyöl, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistika sohasiga ixtisoslaştiriş taklif etilgan.

Xonobod şahri “Xitoy yöli darvozasi” sifatida Xitoy – Markaziy Osiyo – Kaspiy – Kavkaz – Yevropa, Xitoy – Markaziy Osiyo – Transafğon hamda Xitoy – Markaziy Osiyo – Eron tranzit yölaklariga xizmat qiladi. Angren şahri, Yangiyöl va Ohangaron tumanlari tranzit va taşqi savdo yuklarini oraliq taqsimlaş markazlari sifatida rivojlantiriladi.

Olot tumani “Örta yölak darvozasi” sifatida Xitoy – Markaziy Osiyo – Kaspiy – Kavkaz – Yevropa hamda Xitoy – Markaziy Osiyo – Eron yönalişlariga, Termiz tumani esa “Transafğon yölagi darvozasi” sifatida Xitoy – Markaziy Osiyo – Transafğon – Pokiston transport yölagiga ixtisoslaşadi.

Uşbu hududlarda logistika markazlari taşkil etmoqçi bölgan tadbirkorlarga har bir hududda 50 gektardan, jami 300 gektar yer maydoni taklif etiladi. Bu maqsadlar uçun har yili 200 million dollarlik imtiyozli va kam foizli kredit liniyalarini yönaltiriş nazarda tutilmoqda. Logistika markazlari uçun taşqi infratuzilma byudjet hisobidan barpo etiladi.

Şuningdek, Qibray va Termiz tumanlarida bojxona terminali hamda avtoturargohlar quriş, Xonobod şahrida xalqaro temir yöl çegara ötkaziş punktini barpo etiş, Yangiyöl tumanidagi temir yöl stantsiyasini kengaytiriş, Ohangaron tumanida “A” toifadagi yirik logistika markazini quriş böyiça takliflar körib çiqilgan.

Taqdimotda raqamlaştiriş va zamonaviy boşqaruv tizimlarini joriy etiş masalalariga ham alohida etibor qaratilgan. Logistika markazlarida terminallarni boşqariş va omborni boşqariş tizimini joriy etiş, ularni “E-logistika” platformasiga integratsiya qiliş, avtotransport vositalarini onlayn kuzatiş, avtotransport raqamlarini aniqlaş va elektron hisobga oliş tizimini yölga qöyiş taklifi bildirilgan.

Çegara ötkaziş punktlarida “yagona töxtaş” (one stop) tamoyilini joriy qiliş orqali yuklarni rasmiylaştiriş jarayonini tezlaştiriş zarurligi qayd etilgan.

Sohada xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş uçun logistika markazlariga zamonaviy uskunalar, omborxona va yuk ortiş-tuşiriş texnikalari, agregat va ehtiyot qismlarni olib kirişda bojxona boji hamda majburiy sertifikatlaş talablarini yengillaştiriş taklif qilingan.

Prezident transport-logistika tizimi mamlakat eksport salohiyati, investitsiyaviy jozibadorligi va hududlar rivoji uçun strategik ahamiyatga ega ekanini takidlagan.

Mutasaddilarga xalqaro transport yölaklaridan samarali foydalaniş, logistika markazlari tarmoğini kengaytiriş, sohani raqamlaştiriş va xususiy sektor uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça topşiriqlar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: