Xitoy—Qirğiziston—Özbekiston temiryöli qurilişi boşlandi
2-07-2025, 11:41
87 марта
Xitoy—Qirğiziston—Özbekiston temiryöli qurilişi boşlandi"Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston" xalqaro temiryölining keng kölamli qurilişi rasman boşlandi. Bu haqda Kaktus.media naşri xabar berdi.
Uşbu temiryöl nafaqat transport yölagi, balki Şarq va Ğarb mamlakatlarini boğlovçi strategik muhim "köprik" vazifasini ötaydi. Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq mamlakatlari, jumladan, Turkiya va undan keyin Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yölga qöyiş loyihasi mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaş, transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va mintaqaning xalqaro transport va tranzit sifatida raqobatbardoşligini oşirişga yordam beradi.
Qurilayotgan tunnelning umumiy uzunligi 12 km. Loyihada umumiy uzunligi 120 km bölgan 46 ta köprik va 27 ta tunnel qurilişi közda tutilgan. Tunnel va köpriklar butun temiryöl yönalişining 40 foizini taşkil qiladi. Işlarni yakunlaş 2030 yilga möljallangan, deyiladi xabarda.