Yaponiya suniy intellektga ega 10 mln robotni işga tuşirmoqçi
Yaponiya mamlakatdagi işçi kuçi kamayişini qoplaş maqsadida 2040 yilgaça iqtisodiyotning 18 ta tarmoğida suniy intellektga (SI) ega 10 million robotdan foydalaniş niyatida. Bu haqda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga tayanib, NHK xabar berdi.
Qayd etilişiça, hukumat suniy intellektga ega robotlarni rivojlantiriş va joriy etişning yangi strategiyasini taqdim etgan. Unga köra, mamlakatda işçi kuçi qisqarişiga qarşi kuraşiş maqsadida 2040 yilgaça iqtisodiyotning 18 ta turli tarmoğida suniy intellektli 10 million robotni işga soliş rejalaştirilmoqda.
Robotlardan sanoat işlab çiqarişi, infratuzilmaga texnik xizmat körsatiş, soğliqni saqlaş, keksalarni parvariş qiliş sohasi, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş va mudofaa tarmoqlarida foydalaniş közda tutilgan.
Bundan taşqari, nafaqat raqamli muhitda işlay oladigan, balki jismoniy dunyoda ham vazifalarni bajarişga qodir bölgan suniy intellekt tizimlarini yaratiş loyihasini amalga oşiriş uçun 380 milliard iyena (taxminan 2,3 mlrd dollar) ajratiladi.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Akadzava Ryosey Vazirlar Mahkamasi yiğilişidan söng jurnalistlarga bayonot berib, “Yaponiya robototexnika uçun suniy intellekt işlab çiqişda dunyo yetakçisiga aylanişi” yölida bir qator tarmoqlarda allaqaçon malumotlar yiğiş jarayoni olib borilayotganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Uxan şahrida gumanoid robotlar uçun kundalik hayotiy vazifalarni örganadigan maxsus robotlar maktabi oçilgani haqida xabar berilgan edi.