Şavkat Mirziyoyev “Özgariş”dagi özgarişlar bilan tanişdi
Bugun, 4 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanidagi “Özgariş” mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari hamda yerusti metro yönalişi ostida taşkil etilgan savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilişiça, inson qadrini uluğlaş va aholi farovonligini taminlaşga qaratilgan izçil islohotlar bugun mahallalar qiyofasida, odamlarning kundalik hayotida yaqqol namoyon bölmoqda. Özgariş mahallasi bu boradagi yangilanişlarning yorqin namunasi. Uşbu hududda 45 ta köp qavatli uy, 1 ming 620 ta xonadon mavjud. Ularda 6 ming 700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Mahallada yillar davomida töplanib qolgan muammolar bosqiçma-bosqiç hal etilib, zamonaviy infratuzilma va qulay ijtimoiy muhit yaratilgan. Xususan, 10 ta bolalar maydonçasi, mini-futbol maydoni, 2 ta salomatlik hududi barpo etilgan.

Davlat rahbari mahallada taşkil etilgan zamonaviy kogeneratsiya markazi faoliyati bilan ham tanişgan.
Qayd etilişiça, uşbu markaz kuz-qiş mavsumida mahallaning issiqlik va elektr energiyasi taminoti barqarorligiga xizmat qiladi. Kogeneratsiya texnologiyasi orqali tabiiy gazdan avval elektr energiyasi olinadi, söng ajralgan issiqlik suv va xonadonlarni isitişga yönaltiriladi. Bu energiya samaradorligini oşirib, isrofgarçilikni kamaytiradi.
Loyihaning umumiy qiymati 5,8 million dollarni taşkil etadi. Bu yerga Germaniyada işlab çiqarilgan zamonaviy gaz-porşenli qurilmalar va qozonlar örnatilgan. Markaz yiliga 18,4 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 80 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi işlab çiqariş imkoniga ega.
Loyiha doirasida 2 kilometr uzunlikdagi yuqori kuçlanişli elektr liniyasi qurilib, umumiy tarmoqqa ulandi. Natijada tuman markaziy elektr tarmoğidagi yuklama 3 foizga kamaygan. Markaz işga tuşişi bilan 10 ta doimiy iş örni yaratilgan.
Şu bilan birga, mahallaning umumiy infratuzilmasi ham tubdan yangilangan. 1,4 kilometr piyodalar yölaklari barpo etilgan, 12 ta köp qavatli uyning fasad qismi tamirlangan, içki yöllarga asfalt yotqizilgan. Hududni kökalamzorlaştiriş maqsadida 2 ming 720 tup manzarali daraxt va buta köçatlari ekilgan.
Prezident “mahalla yettiligi” va hudud faollari bilan samimiy suhbatlaşgan. Bu yerdagi özgarişlar aholi uçun munosib turmuş şaroiti yaratiş, mahallani obod va xavfsiz maskanga aylantirişga qaratilgan işlar natijasi ekani takidlangan.
“Keng kölamli bunyodkorlik işlarimiz aynan mana şu Sergeli tumanidan boşlangan edi. Öz vaqtida bu hududga zamonaviy metro liniyasini olib keliş taşabbusini ilgari surganimizda, uşbu yirik loyihaning istiqboliga şubha bilan qaraganlar ham bölgani sir emas.
Biroq bugun mana şunday körkam va obod maskanlarni, eng muhimi, siz kabi aziz yurtdoşlarimizning mamnun çehralarini körib, tanlagan yölimiz qançalik töğri bölganiga yana bir bor işonç hosil qilamiz.
Bugungi taşrifimizdan maqsad ham sizlar bilan bevosita muloqot qiliş, taklif va taşabbuslaringizni tinglaşdir”, deydi Prezident.
Davlat rahbari yöl-yölakay Sergeli tumanidan ötuvçi yer usti metro yönalişi ostida taşkil etilgan savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan ham tanişgan.
Zamonaviy şaharsozlikda mavjud infratuzilmadan oqilona foydalaniş, böş maydonlarni aholi uçun qulay, iqtisodiyot uçun samarali maskanlarga aylantiriş muhim ahamiyatga ega. Şu maqsadda yer usti metro yöli ostidagi 5,7 gektar maydon tubdan yangilangan.
Bu yerda 137 ta tadbirkorlik subekti taşkil etilib, 250 ta yangi iş örni yaratilgan. Metro ostida 4 kilometr piyodalar va velosiped yölagi, 2 ta bolalar maydonçasi va sport zonalari taşkil qilingan. Aholi hordiq çiqarişi uçun 100 ta örindiq va 40 ta zamonaviy manzarali çiroq örnatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining “Ittifoq” mahallasidagi Yangi Sergeli köçasida amalga oşirilgan işlar hamda savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişgan edi.