Maykl Jekson haqidagi film rekord örnatdi
Rejissyor Antuan Fukuaning “Maykl” filmi jahon prokatida 977 million dollar töplab, Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmini (uşbu film 975 million dollar yiğgan edi) ortda qoldirdi va tarixdagi eng kassabop biografik filmga aylandi. Bu haqda “Variety” xabar berdi.
Qayd etilişiça, namoyişlar boşlanganidan buyon “Maykl” filmi AQŞning özida 370,2 million dollar, jahon prokatida esa 607 million dollar jamğargan. Kartina 911 million dollar töplagan “Bohem rapsodiyasi” (“Bohemian Rhapsody”) filmidan ham özib ketgan.
Malumot uçun, filmdagi boş rolni Maykl Jeksonning jiyani Jafar ijro etgan. Kinotanqidçilarning bildirişiça, film pop-afsona tarjimai holidagi eng bahsli epizodlarni qamrab olmagan, buning örniga ijodkorlar bor etiborni kontsert rekonstruktsiyalari va musiqiy raqamlarga qaratgan.
Antuan Fukuaning lentasi pop-musiqa qiroli böliş taqdiri bitilgan Maykl Jekson hayotining erta davrlariga bağişlangan. Film Mayklning aka-ukalari va talabçan hamda qattiqqöl otasi Jo (Kolman Domingo) bilan bölgan munosabati, “The Jackson 5” yoşlar jamoasi tarkibidagi çiqişlari hamda yakkaxon karerasining boşlanişi haqida sözlaydi.
Asar Jeksonning musiqa çöqqisini qanday zabt etgani, özining asosiy xit qöşiqlarini yaratgani va “Billie Jean” taronasini ijro etiş vaqtida ilk bor “Oyda yuriş” usulini qanday namoyiş etganini körsatib beradi. Kartinada şuningdek, Juliano Valdi, Nia Long, Maylz Teller, Keylin Darrel Jons va Lora Xerriyer suratga tuşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Hayvonlar şaharçasi 2” (“Zootopia 2”) premera qilinganiga bir hafta bölmasdan jahon prokatida 556 million dollar töplab, rekord örnatgandi va AQŞdan taşqarida eng köp daromad keltirgan multfilmga aylangan edi.