Şavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan qutladi
Bugun, 6 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Qozoğiston Respublikasining birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozoğistonning barpo etilişi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari suriş hamda Özbekiston – Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasini alohida etirof etgan.
Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi mustahkam döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro kömak riştalariga asoslangan köp qirrali hamkorlikning bugun yuqori suratda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampga AQŞ milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yöllagan edi.