USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 1,27 million gektarda örmon barpo etiladi

79 марта
Ўзбекистонда 1,27 миллион гектарда ўрмон барпо этилади

Özbekistonda 2026-2030 yillarda 1,27 million gektarda örmon barpo etiş va qayta tiklaş, çöl, toğ va toğoldi hududlarda 16 ming gektar himoya örmonzorlari yaratiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş, şuningdek, şaharlarda “yaşil şahar” tamoyillarini joriy etiş yuzasidan takliflar taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, iqlim özgarişi, suv tanqisligi, yerlarning tanazzulga uçraşi va çöllaniş bugun butun mintaqa uçun dolzarb ekologik muammoga aylanmoqda. Bu esa qişloq xöjaligi barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va hududlarning iqtisodiy rivojlanişiga bevosita tasir körsatmoqda.

Mamlakat hududining qariyb 80 foizi çöl va yarim çöl maydonlaridan iborat. Yerlarning şörlanişi, qum köçişi, çang böronlari va garmsellar, ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari, şuningdek, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida jiddiy xavf tuğdirmoqda.

Orol dengizining qurişi mazkur jarayonni yanada kuçaytirgan. Qurigan tubda Orolqum çöli şakllanib, havoga kötarilayotgan tuz va çang keng hududlarga tarqalmoqda. Şu bois, Orolböyida yaşil qoplamalar barpo etiş, saksovul va boşqa çöl ösimliklarini ekiş işlari izçil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq yangi örmonzorlar taşkil etilgan.

“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Mamlakat böylab 1 milliarddan ziyod daraxt va buta köçatlari ekildi, kökalamzorlaştiriş darajasi 2020 yildagi 8 foizdan 2025 yilda 14,3 foizga yetgan. Orolböyi, çegaradoş va qurğoqçil hududlarda yaşil qoplamalar hamda himoya örmonzorlarini yaratiş işlari izçil davom ettirilmoqda.

Taqdimotda 2026-2030 yillarda çöllanişga qarşi kuraşiş işlarini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça takliflar körib çiqilgan. Jumladan, 1,27 million gektarda örmon barpo etiş va qayta tiklaş, çöl, toğ va toğoldi hududlarda 16 ming gektar himoya örmonzorlari yaratiş rejalaştirilgan.

Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda yaşil qoplamalar taşkil etiş, Sirdaryo viloyatining çegaradoş hududlarida 84 kilometrlik “yaşil devor” barpo qiliş, toğ va toğoldi hududlarida “terrasa” usulida daraxt va butalar ekiş, degradatsiyaga uçragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan ötkaziş taklif qilingan.

Davlat rahbari çöl hududlariga faqat ekologik muammo sifatida emas, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar manbai sifatida qaraş zarurligini takidlagan. Şu maqsadda “çöl iqtisodiyoti” yondaşuvini rivojlantiriş, qöriq va şörlangan yerlarda barqaror daromad manbalarini yaratiş, çöl ösimliklari uruğçiligi va köçatçiligini yölga qöyiş, galofit ösimliklar yetiştiriş, yaylovlar mahsuldorligini oşiriş, çorvaçilik, ekologik turizm va ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş muhimligi körsatib ötilgan.

Bu borada Qoraqalpoğistonda çöl ösimliklari köçatxonalarini taşkil etiş, Orolning qurigan tubida ilmiy ekspeditsiyalar ötkaziş, Bobotoğ hududida zamonaviy usullar asosida pista plantatsiyalarini rivojlantiriş, galofit boğlar tarmoğini kengaytiriş taklif etilgan. Şuningdek, qurğoqçilikka çidamli ösimliklar va uruğlar böyiça mintaqaviy bank yaratiş, xalqaro fondlar va xususiy investitsiyalarni jalb etiş masalalari muhokama qilingan.

Taqdimotda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ekologik hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga alohida etibor qaratilgan. Çöllaniş va yer degradatsiyasi çegara bilmaydigan muammo ekani, şu bois, unga qarşi kuraşişda yagona mintaqaviy yondaşuv, ilmiy hamkorlik, malumot almaşiş va texnologiyalar transferi muhimligi takidlangan.

Şu munosabat bilan çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini kengaytiriş, “Yaşil qalqon” mintaqaviy dasturi doirasida amaliy loyihalarni köpaytiriş, 2040 yilgaça çöllanişga qarşi kuraşiş strategiyasini işlab çiqiş taşabbuslari ilgari surilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “Green Samarkand” modeli işga tuşirilişi va viloyat markaziga şaxsiy avtotransport kirişi bosqiçma-bosqiç kamaytirilişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: