USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Green Samarkand” modeli: viloyat markaziga şaxsiy maşinada kiriş kamaytiriladi

38 марта
“Green Samarkand” модели: вилоят марказига шахсий машинада кириш камайтирилади

Samarqand viloyatida “Green Samarkand” modeli işga tuşiriladi va viloyat markaziga şaxsiy avtotransport kirişi bosqiçma-bosqiç kamaytiriladi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş, şuningdek, şaharlarda “yaşil şahar” tamoyillarini joriy etiş yuzasidan takliflar taqdimotda söz boradi.

Unga köra, Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosi, Buyuk ipak yölidagi örni, xalqaro turizm markazi sifatidagi salohiyati, strategik geografik joylaşuvi hamda mavjud suv va transport infratuzilmasini inobatga olgan holda uni Markaziy Osiyoda ekologik barqaror, iqlimga moslaşgan va zamonaviy “yaşil şahar” namunasiga aylantiriş nazarda tutilmoqda.

Şunga muvofiq, taqdimotda şaharlar ekologik barqarorligini taminlaş böyiça “Green Samarkand” modeli körib çiqilgan.

Mazkur model doirasida 2030 yilga qadar Samarqand şahrida aniq ekologik körsatkiçlarga erişiş belgilangan. Jumladan, atmosferaga çiqarilişi mumkin bölgan 51,2 ming tonna zararli taşlamalarning oldini oliş, sanoat va energetika obektlarida çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş orqali PM2.5 va PM10 zarraçalarini 50 foizga kamaytiriş, quriliş obektlaridan çiqadigan çang miqdorini 80 foizga, transport vositalaridan çiqadigan ifloslantiruvçi moddalar hajmini 50 foizga qisqartiriş, çiqindi poligonlari hajmini 2 barobar kamaytiriş hamda aholi yaşaş punktlarida yaşil hududlar uluşini örtaça 30 foizga yetkaziş közda tutilgan.

Loyihani amalga oşiriş uçun Samarqand viloyati hokimligi va Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi iştirokida “Yaşil Samarqand” loyiha ofisi taşkil etiladi. Uşbu ofis şaharsozlik, ekologiya, transport, quriliş, turizm, sanoat va kommunal xizmatlar sohalarida belgilangan tadbirlarni yagona tizimda muvofiqlaştiradi.

Samarqand şahrida maxsus ekologik-şaharsozlik rejimi joriy etilib, yangi quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan obektlar uçun “yaşil quriliş” talablari majburiy etib belgilanadi. Bunda energiya va suv tejamkor texnologiyalardan foydalaniş, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş tizimlarini joriy etiş, resurs samaradorligini oşiriş hamda ekologik talablarga javob bermaydigan obektlarni foydalanişga qabul qilmaslik amaliyoti yölga qöyiladi.

Transport sohasida Samarqand şahrini ekologik toza harakatlaniş modeliga ötkaziş nazarda tutilgan. Buning uçun 50 ta zamonaviy katta siğimli elektrobus xarid qiliş, çorrahalarda 150 ta yangi svetofor örnatiş, 2030 yilga qadar jamoat transporti va taksi xizmatini töliq elektr transportiga ötkaziş çoralari köriladi. Şu bilan birga, “Park & Ride” tizimi joriy etilib, piyodalar harakati ustuvor bölgan yaşil turistik hududlar taşkil qilinadi, şahar markaziga şaxsiy avtotransport kirişi bosqiçma-bosqiç kamaytiriladi.

Suv va “yaşil” infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida Samarqand şahrida kamida 4 ta, viloyat tumanlari markazlarida esa kamida bittadan suniy köl va suv havzalari taşkil etiladi. Samarqand şahrida qöşimça 10 ta yangi favvora qurilib, mavjud favvoralar infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi. Şuningdek, umumiy uzunligi 319 kilometr bölgan ariqlar tizimi quriladi va tiklanadi.

Şahar atrofida himoyaviy “yaşil” infratuzilmani şakllantiriş maqsadida “Yangi katta halqa yöli” böylab uzunligi 102,7 kilometr, umumiy maydoni 3532 gektar bölgan “yaşil belboğ” barpo etiladi. Uşbu belboğ çang va issiq havo oqimlarini kamaytiriş, atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, şahar atrofida tabiiy himoya zonasini yaratiş hamda iqlimga moslaşuv çoralarini kuçaytirişga qaratilgan.

Şaharsozlik yönalişida 300 gektar maydonda “Green City Samarkand” hududini taşkil etiş közda tutilgan. Uşbu hududda turar joy, ofis, xizmat körsatiş, turizm va jamoat infratuzilmasi obektlari xalqaro “yaşil şahar” standartlari asosida barpo etiladi.

Sanoat obektlarining ekologik tasirini kamaytiriş uçun “yaşil sanoat zonasi” hududida eng maqbul texnologiyalar, “Zero Visible Emission” va raqamli ekologik monitoring tizimlari bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Mavjud sanoat zonalari atrofida “yaşil belboğ”lar taşkil etiladi hamda aholi soğliğiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin bölgan I va II toifaga mansub 8 ta sanoat korxonasini şahar hududidan taşqariga köçiriş çoralari köriladi.

Çiqindilarni boşqariş sohasida “Zero Waste Samarkand” tamoyili asosida çiqindilarni saralaş, qayta işlaş va poligonlarga yuboriladigan hajmini kamaytiriş tizimi joriy etiladi. Noqonuniy çiqindi taşlaş holatlarini raqamli xaritalaş va foto-videofiksatsiya qiliş böyiça axborot tizimi işga tuşiriladi.

Iqlim siyosati yönalişida Samarqand şahri uçun 2030 va 2035 yillarga möljallangan uglerod çiqindilarini qisqartiriş maqsadli körsatkiçlari hamda “Carbon Neutral Samarkand” “yöl xaritasi” işlab çiqiladi. Şuningdek, yaşil va iqlim loyihalarini moliyalaştiriş uçun “Green Samarkand Climate Finance Facility” platformasi, natijalarni oçiq elon qiliş va monitoringini yuritiş uçun “Green Samarkand Daşboard” raqamli platformasi işga tuşiriladi.

Turizm va bioxilma-xillik yönalişida “Yaşil Samarqand” brendi, “Green Hotels Samarkand” reyting tizimi, “Samarkand City Biodiversity Index” metodologiyasi, “Urban Biodiversity Samarkand” pilot loyihasi va “Bioxilma-xillikni asraymiz” köngillilar dasturi amalga oşiriladi. Şu orqali Samarqand şahri ekologik turizm, yaşil investitsiyalar va barqaror şaharsozlik yeçimlari markaziga aylantiriladi.

Umuman, loyiha doirasida Samarqandni “Markaziy Osiyoning yaşil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti” sifatida şakllantiriş uçun taşkiliy, moliyaviy va amaliy asoslar yaratiladi.

Prezident takliflarni maqullab, çöllanişga qarşi kuraşiş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, şaharsozlikda ekologik talablarni kuçaytiriş va aholi uçun soğlom muhit yaratiş masalalari yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: