Xorijliklar Özbekistonda masofadan turib biznes oçişi mumkin böladi
Xorijiy IT-mutaxassislar Özbekistonda masofadan turib biznes oçişlari mumkin böladi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan raqamli platformasini joriy etiş, startaplar ekotizimini rivojlantiriş hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxşilaş yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, taqdimotda AT sohasi eksporti va startaplar ekotizimini rivojlantiriş rejalari ham körib çiqilgan. 2030 yilgaça AT eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş, 5 mingta faol startap taşkil etiş va 2 milliard dollar investitsiya jalb qiliş maqsad qilingan.
Xalqaro “StartupBlink” reytingida Özbekiston 31 poğona yuqorilab, dunyodagi eng tez ösayotgan startap ekotizim sifatida baholangani, Toşkent şahri Markaziy Osiyo şaharlari orasida 1-örinni egallagani, Samarqand va Farğona ilk bor dunyoning TOP-1000 startap şaharlari reytingiga kirgani qayd etilgan.
Bu borada “Talent Hub” dasturi işga tuşirilişi belgilangan. U orqali xorijiy mutaxassislar va investorlarga masofadan korxona, bank hisobraqami va xalqaro karta oçiş imkoniyati yaratiladi. IT-Park rezidentlarining xodimlari uçun soliq imtiyozlarini 2040 yilgaça uzaytiriş, “IT visa” va “Zero Risk” dasturlarini kengaytiriş taklif qilingan.
Şuningdek, AT eksportçi korxonalariga oylik iş haqi xarajatlarining bir qismini qoplab beriş, xalqaro sertifikatlaş xarajatlarini kompensatsiya qiliş, xorijiy buyurtmaçilar va mutaxassislarni jalb etiş uçun relokatsiya xarajatlarini qisman qoplaş kabi qöllab-quvvatlaş mexanizmlari közda tutilmoqda.
Buxoro va Farğonada 20 dan ortiq akseleratsiya dasturlarini taşkil etiş, startaplarni yirik xalqaro bozorlarga olib çiqiş böyiça ham takliflar taqdim etilgan.