Davlat boşqaruvida yagona raqamli platforma joriy etiladi
Özbekistonda davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan raqamli platformasi bosqiçma-bosqiç joriy etilişi mumkin. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan raqamli platformasini joriy etiş, startaplar ekotizimini rivojlantiriş hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxşilaş yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, Özbekiston BMTning “Elektron hukumat” reytingida 24 poğona yuqorilagan. 2030 yilga qadar mamlakatni uşbu yönalişda kuçli 30 ta davlat qatoriga kiritiş maqsad qilingan.
Joriy yilda raqamli xizmatlar soni 880 taga, ulardan foydalanuvçilar soni esa 15,5 million nafarga yetişi kutilmoqda. Taqqoslaş uçun, 2024 yilda raqamli xizmatlar soni 525 ta, foydalanuvçilar soni 4 million nafar bölgan.
Qolaversa, davlat boşqaruvida malumotlar bazalari va axborot tizimlari turli idoralar kesimida tarqoq holda şakllangani, ularni tahlil qiliş va qaror qabul qiliş jarayonlarida yagona yondaşuv yetişmayotgani körsatib ötilgan.
Şu bois, davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan raqamli platformasini bosqiçma-bosqiç joriy etiş taklif qilingan. Mazkur tizim orqali hudud iqtisodiyoti, investitsiya, ekologiya, xavfsizlik masalalari, aholini qiynayotgan muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy malumotlar, obektlar va xarita qatlamlari yagona platformada aks ettiriladi.
Platforma suniy intellekt texnologiyalari asosida malumotlarni tahlil qiliş, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlaş, qarorlar ijrosini monitoring qiliş, resurslarni töğri yönaltiriş va boşqaruv samaradorligini oşiriş imkonini beradi.
Davlat rahbari joriy yilda uşbu raqamli boşqaruv tizimini poytaxtda, kelgusi yildan esa barça hududlarda joriy qiliş zarurligini takidlagan.
Taqdimotda tovar va xizmatlarni yagona milliy tasniflaş tizimini işga tuşiriş masalasi ham körib çiqilgan. Hozirda bojxona, soliq, statistika va boşqa idoralar turli tovar klassifikatorlaridan foydalanmoqda. Bu esa biznes xarajatlarining ortişi, hisobotlar aniqligi pasayişi va idoralararo malumot almaşinuvida qiyinçiliklarga sabab bölmoqda.
Yagona milliy tasniflaş tizimi joriy etilsa, tadbirkorlar uçun ortiqça byurokratik jarayonlar qisqaradi, davlat idoralari örtasida malumot almaşinuvi soddalaşadi, statistik hisobotlarning aniqligi oşadi.
Şuningdek, milliy navigatsiya tizimini yaratiş taklifi bildirilgan. Bugungi kunda mamlakatda mazkur yönalişda asosan xorijiy platformalardan foydalanilayotgani qayd etilgan. Milliy navigatsiya tizimi geomalumotlarni yagona standart asosida şakllantiriş, transport, logistika, tezkor xizmatlar, şaharsozlik va davlat xizmatlarini sifatli taşkil etişga xizmat qiladi.