USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev YeOII bilan yagona raqamli savdo makonini yaratişni taklif qildi

50 марта

Şavkat Mirziyoyev YeOII bilan yagona raqamli savdo makonini yaratişni taklif qildi

Bugun, 29 may kuni Ostona şahrida bölib ötgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi majlisida Özbekiston prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) davlatlari bilan tösiqlarsiz yagona raqamli savdo makonini yaratiş taşabbusini ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident elektron tijoratni rivojlantiriş, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati böyiça raqamli malumot almaşinuvini yölga qöyiş, elektron hujjatlarni bosqiçma-bosqiç özaro tan oliş zarurligini takidladi.

Şuningdek, “aqlli” transport-bojxona yölaklarini yaratiş, raqamli tranzit tizimlarini joriy etiş va çegaradagi ötkaziş punktlarini modernizatsiya qiliş taklif etilgan.

Mirziyoyev YeOII davlatlari bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş masalasiga ham alohida töxtalgan. Uning aytişiça, Toşkentda ötgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” körgazmasi biznesning işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va yangi texnologik şerikliklarga qiziqişi ortib borayotganini körsatgan.


Prezident Özbekistonda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda qöşma loyiha ofisini taşkil etişga tayyor ekanini bildirgan. Uşbu markaz “yagona darça” tamoyili asosida işlaşi, şeriklarni topiş, sanoat zonalaridagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş va moliyalaştirişni jalb qiliş bilan şuğullanişi rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, Prezident sanoatni «yaşil» transformatsiya qiliş böyiça qöşma dastur qabul qilişni taklif etgan. U energiya samaradorligini oşiriş, toza texnologiyalarni joriy etiş va mahsulotlarning uglerod hajmini kamaytiriş uzoq muddatli raqobatbardoşlik uçun muhim omil ekanini qayd etgan.

Mirziyoyev mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kuçaytiriş, bandlik böyiça milliy elektron xizmatlarni özaro boğlaş va fuqarolar uçun yagona raqamli platforma yaratiş taşabbusini ham ilgari surgan.

Turizm yönalişida esa Prezident “Markaziy Osiyo turistik halqasi” loyihasida YeOII davlatlarini faol iştirok etişga va uni xalqaro raqamli platformalarda birgalikda tarğib qilişga çaqirgan.
Nutqi yakunida Mirziyoyev Özbekiston YeOII bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanini takidlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: