Şavkat Mirziyoyev ertaga Belarusga boradi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 8-9 iyul kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, taşrif dasturiga muvofiq, Minsk şahrida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi közda tutilgan.
Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.
Bildirilişiça, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, qişloq xöjaligi, maşinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böladi.
Madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini kengaytirişga alohida etibor qaratiladi.
Sammit yakunida ustuvor yönalişlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.
Malum bölişiça, taşrif arafasida Minsk şahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va işbilarmon doiralari iştirokida uçinçi Hududlararo forum ham bölib ötadi.