Jazoirning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Keça, 7 iyul kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning Özbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Jamila Aşurning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, tomonlar uçraşuv davomida joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oşirilgan rasmiy taşrif yakunlari hamda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşgan.
Şuningdek, Özbekiston tomoni savdo-iqtisodiy, investitsiya, talim, madaniyat va boşqa istiqbolli yönalişlardagi hamkorlikni yanada faollaştirişga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, 11 iyun kuni Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi hukumati örtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan özaro ozod qiliş töğrisidagi bitim imzolangan edi.