Muzaffar Komilov Prezidentga diniy-marifiy maslahatçi böldi
Bugun, 10 iyul kuni Muzaffar Komilov Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-marifiy masalalar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Muzaffar Murodoviç Komilov Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-marifiy masalalar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-marifiy masalalar böyiça departamentining boşliği lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uçun, Muzaffar Komilov 2018 yilga qadar Oliy va örta maxsus talim vazirligida boşqarma boşliği lavozimida, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida işlagan. 2018 yil 18 aprelidan Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari bölgan va bu lavozimdan 2022 yil 2 fevralida ozod qilinib, Prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga qöyilgan. Uşbu lavozim bilan birga Muzaffar Komilov 2021 yil 25 maydan boşlab 2023 yil 30 sentyabrga qadar Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida iş olib borgan. 2024 yilning dekabrida u Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etilib, yana Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan. Uşbu oliygoh 2025 yil aprelida Xalqaro islomşunoslik akademiyasi deb qayta nomlangan.