Özbekistonda 15 ta oliygoh dunyoning Top-500 ligiga kiritiladi
Özbekistonda 2030 yilgaça 15 ta oliygoh dunyoning Top-500 ligiga kiritiladi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan xalqaro talim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy talim dasturlarini joriy etiş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan takliflar taqdimotida söz boradi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda oliy talim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetgan. Joriy yilning özida 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Xitoy va Koreya kabi davlatlarning ilğor kasbiy talim dasturlari joriy etilmoqda.
“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Özbekiston Milliy universiteti nufuzli xalqaro reytinglarda dunyoning eng yaxşi mingta oliy talim muassasasi qatoridan örin olgan. Oliygohlardagi 157 ta talim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan.
Şu bilan birga, talim sifatini yanada oşiriş, milliy oliygohlarning xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytiriş va bitiruvçilarning global mehnat bozorida munosib örin egallaşi uçun işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş zarurligi qayd etilgan.
2030 yilga qadar kamida 5 ta oliygohni umumiy reyting böyiça, yana 10 tasini fan yönalişlari kesimida dunyoning eng yaxşi 500 ta universiteti qatoriga kiritiş maqsad qilingan. Şuningdek, 100 ta oliygoh dasturini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş, kamida 150 ta texnikumda xalqaro talim dasturlarini joriy qiliş rejalaştirilgan.
Oliy talim muassasalari bitiruvçilari va pedagoglarining kamida 30 foizini xorijiy til, kasb va mutaxassislik böyiça xalqaro sertifikatlar bilan taminlaş, texnikumlarning 2,5 ming nafar hamda oliygohlarning 20 ming nafar pedagogini xorijda malaka oşirişga yuboriş vazifalari belgilangan.
Asosiy maqsad Özbekistonni xalqaro talim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakçi talim markaziga aylantiriş ekani takidlangan.
Prezident takliflarni maqullab, integratsiyalaşgan talim dasturlarini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş, ularning sifatini xalqaro talablarga muvofiq taminlaş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli akademik hamkorlikni yölga qöyiş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar bergan.