USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisidagi qonunni imzoladi

69 марта
Президент Тошкент халқаро молия маркази тўғрисидаги қонунни имзолади

Bugun, 11 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev “Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva malum qildi. 

“Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb ön yildan buyon amalga oşirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir. Endilikda Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi”, deb yozdi Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida.

Qayd etilişiça, markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bölgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. 

Şuningdek, moliya markazi özining maxsus tartibga soliş tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilğor xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega böladi.

“Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana şunday şaffof mexanizmlar bilan işlaşga örgangan”, deb takidlaydi Administratsiya rahbari.

Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uçun Özbekistonning jozibadorligini oşirişi kutilmoqda. 

“Mohiyatan olganda, uşbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — işonçga investitsiyadir. Toşkent investorlar uçun tuşunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakçi drayveriga aylaniş sari dadil qadam taşlamoqda”, deydi Saida Mirziyoyeva markaz haqida.

Eslatib ötamiz, 9 iyul kuni Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida “Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun körib çiqildi hamda maqullangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: