Markaziy Osiyoda yaşaş uçun eng qimmat şahar qaysi?
Toşkent Markaziy Osiyoda yaşaş narxi eng qimmat bölgan uçinçi şahar böldi. Bu haqda Xalqaro Numbeo platformasining yaşaş narxi eng qimmat şaharlar reytingida elon qilindi.
Reytingga köra, Özbekiston poytaxti mintaqada yaşaş qiymati böyiça Qozoğistonning ikki şaharidan keyingi uçinçi örinni egallagan. Malum qilinişiça, reytingni tuzişda asosiy mezon sifatida Nyu-Yorkdagi yaşaş qiymati olingan bölib, unga 100 ball berilgan. Qolgan şaharlar şu körsatkiçga nisbatan baholangan.
Malumot uçun, Numbeo reytingi dunyo şaharlarida tovar va xizmatlar narxi haqidagi foydalanuvçilar malumotlari asosida şakllantiriladi. Indeks hisoblanişida uy-joy ijarasi, oziq-ovqat, transport, restoranlar, kommunal xizmatlar va boşqa kundalik xarajatlar inobatga olinadi.
Tadqiqotga dunyoning 547 ta yirik şahri kiritilgan. Markaziy Osiyo şaharlari orasida eng yuqori örinni Olmaota egallab, jahon reytingida 409-örindan joy olgan. Keyingi örinlarda Ostona (469), Toşkent (487), Bişkek (493) va Duşanbe (497) qayd etilgan.
Platforma malumotlariga köra, Toşkentda yaşaş qiymati indeksi 31,2 ballni taşkil etgan. Bu şahardagi umumiy narxlar darajasi Nyu-Yorkka nisbatan taxminan 70 foizga past ekanini anglatadi. Toşkentning uy-joy ijarasi indeksi 13,5 ball, oziq-ovqat indeksi esa 35,2 ballni taşkil etgan.
Jahon reytingida esa Şveytsariya şaharlari yetakçilik qilgan. Eng qimmat şahar deb 123,1 ball bilan Tsyurix tan olingan. Beşlikka, şuningdek, Jorjtaun, Lyutsern, Bazel va Jeneva ham kirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Global Peace Index Dunyoning eng xavfsiz 5 ta mamlakatini elon qilgan edi.