USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston yaşaş narxi eng past davlatlar qatoriga kirdi

391 марта

Özbekiston yaşaş narxi eng past davlatlar qatoriga kirdi

Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston yaşaş narxi past bölgan davlatlar qatoriga kirdi. Bu haqda “Numbeo” tomonidan tuzilgan global reytingda keltirilgan.

Reytingga jami 155 ta davlat kiritilgan. Taqqoslaş uçun bazaviy nuqta sifatida Nyu-York tanlangan bölib, undagi narxlar darajasi 100 deb qabul qilingan. Indeks qançalik past bölsa, mamlakatda yaşaş şunçalik arzon hisoblanadi. Hisob-kitoblarda uy-joy ijarasi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, restoranlar, şuningdek aholining xarid qobiliyati inobatga olingan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida örinlar quyidagiça taqsimlangan:

  • Qozoğiston 29,8 indeks bilan 128-örinni;
  • Tojikiston 27,9 indeks bilan 136-örinni;
  • Özbekiston 27,3 indeks bilan 138-örinni, Qirğiziston esa 27,3 indeks bilan 140-örinni egallagan.
Mintaqada eng yuqori xarid qobiliyati Qozoğistonda, eng past körsatkiç esa Tojikistonda qayd etilgan.
Qayd etiş joiz, yaşaş narxining pastligi har doim ham farovonlik darajasi yuqori ekanini anglatmaydi. Xarid qobiliyatidagi tafovutlar narxlar darajasi bilan aholining real daromadlari örtasidagi farqni aks ettiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: