Turkiyada oğir ahvolda qolgan ayol Özbekistonga qaytarildi
Turkiyada yöl-transport hodisasiga uçrab, oğir ahvolda qolgan Özbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, N.A. ismli fuqaro mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida Turkiyaga borgan. U işlayotgan oilasi bilan birga yöl-transport hodisasiga uçrab, tanasining bir neça qismidan oğir jarohat olgan.
Fuqaro turkiyalik şifokorlar tomonidan operatsiya qilingan hamda unga zarur tibbiy yordam körsatilgan. Davolaniş yakunlangaç esa u turar joysiz, moddiy mablağsiz va oğir ijtimoiy ahvolda qolgan.
Şundan söng Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida fuqaroni Özbekistonga xavfsiz qaytariş işlari taşkil etilgan.
Malum qilinişiça, şifoxona fuqaroning samolyotda uçişi mumkinligi haqida Fit to Fly tibbiy xulosasini bergan bölsa-da, uning soğliği alohida etibor va ehtiyotkorlikni talab qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bolğariya Respublikasida murakkab moddiy va ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan 6 nafar Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgan edi.