Prezident Italiyaning Toskana viloyati gubernatorini qabul qildi
Bugun, 14 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy taşrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston – Italiya strategik şerikligini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan. Hududlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida etibor qaratilgan.

Barça darajalarda ikki tomonlama muloqotlar faollaşgani va hamkorlikning asosiy körsatkiçlari izçil ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boşidan buyon özaro savdo hajmi 25 foizga oşgan. Özbekistonda metallurgiya, energetika, qişloq xöjaligi, kimyo sanoati hamda iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida Italiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Özbekiston va Toskanani köp asrlik tarixiy va madaniy aloqalar boğlab turişi takidlangan. Buyuk ipak yöli davrida Florentsiya bilan Özbekistonning qadimiy şaharlari örtasida faol savdo-sotiq qilingan, florentsiyalik savdogar va diplomatlar esa Amir Temur saroyida qabul qilingan.
Bugungi kunda Toşkent şahrida Piza universitetining filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda mazkur filial mehnat bozoriga ilk bitiruvçilarni çiqaradi. Prato şahrida Özbekistonning töqimaçilik mahsulotlari savdo uyi işlamoqda. 2024 yilda Florentsiyadagi Uffitsi galereyasida Özbekistonning avangard sanati asarlari körgazmasi taşkil etilgan.
Toskana viloyati bilan töqimaçilik, çarm-poyabzal, oziq-ovqat va zargarlik sanoati, quriliş hamda talim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş katta salohiyatga ega ekanligi takidlangan.
Toskana va Buxoro viloyati örtasida şeriklik aloqalarining rivojlanayotgani hamda hamkorlik töğrisida bitim imzolangani yuksak baholangan.
Uçraşuv yakunida Toskana bilan Özbekiston hududlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan yangi loyiha va taşabbuslarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi qöşma “yöl xaritasi”ni tayyorlaş va qabul qiliş töğrisida kelişuvga erişilgan.
Toskana Italiyaning eng iqtisodiy rivojlangan hududlari qatoriga kiradi va kuçli sanoat salohiyati, yuqori texnologiyali işlab çiqariş, zamonaviy qişloq xöjaligi, jahonga maşhur vinoçilik hamda turizm tarmoğiga ega.
Viloyatning mamuriy markazi – Florentsiya esa jahon madaniyati, ilm-fani va sanati taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan Uyğoniş davrining umumetirof etilgan “beşigi” hisoblanadi.