Şavkat Mirziyoyev AQŞ Savdo vakilini qabul qildi
Bugun, 25 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlarining Savdo vakili Jeymison Grirni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida vakil mamlakat yetakçisiga AQŞ Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Işbilarmonlik aloqalari faollaşgani, özaro tovar ayirboşlaş va investitsiya körsatkiçlari barqaror ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Yaqinda bölib ötgan Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznesi vakillari bilan ötkazilgan davra suhbatining amaliy natijalari muhokama qilingan.
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga azo bölişi doirasida hamkorlik qiliş va uşbu jarayonlar kelgusida ham AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanişiga alohida etibor qaratilgan.
Yangi loyihaviy taşabbuslarni aniqlaş va ilgari suriş uçun Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi mexanizmidan samarali foydalaniş muhimligi qayd etilgan.