Toşkentda metro bekatining tomi qulab tuşdi
Bugun, 16 iyul kuni Toşkent metrosining “Turon” metro bekatida tom konstruktsiyasining bir qismi qulab tuşdi. Oqibatda ikki nafar yölovçi tan jarohati oldi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa soat 14:34 da sodir bölgan. Harakat xavfsizligini taminlaş maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtinça töxtatilgan. Jarohatlangan ikki nafar yölovçiga voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Bildirilişiça, hozirda mutaxassislar tomonidan hodisa yuzasidan texnik örganiş işlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Şuningdek, “Qipçoq” va “Quruvçilar” metro bekatlari oraliğida bepul metrobuslar harakati yölga qöyilgan.