Toşkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagaça keçikişi mumkin
Özbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sabab Toşkent metrosining yerusti yönalişlarida poyezdlar harakat tezligi vaqtinça pasaytiriladi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” xabar berdi.
Qayd etilişiça, ertaga, 15 iyuldan boşlab yerusti yönalişlaridagi temir yöl relslari harorati belgilangan meyor – 55 darajadan yuqoriga kötarilayotgani inobatga olinib, poyezdlar harakat tezligi har kuni soat 18:00 ga qadar 60 km/soatdan 40 km/soatgaça çeklanadi.
Bildirilişiça, mazkur vaqtinçalik çeklov poyezdlar harakat intervaliga ham qisman tasir körsatadi. Şu sabab yerusti yönalişlarida metro poyezdlarining keliş vaqti 14 daqiqagaça uzayişi mumkin.
“Toşkent metropoliteni” uşbu çeklov faqat yerusti metro yönalişlarida harakatlanayotgan poyezdlarga tatbiq etilişini, yer osti yönalişlarida esa harakat odatdagi tartibda davom etişini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida anomal issiq ob-havo sabab köçalarga suv sepiş va yaşil hududlarni suğoriş işlari kuçaytirilgan edi.