Toşkentda jazirama sabab 8 mingdan ortiq istemolçi elektrdan uzildi
Toşkent şahri va Toşkent viloyatining ayrim hududlarida elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, havo haroratining keskin kötarilişi hamda elektr tarmoqlariga tuşayotgan yuklamalarning ortişi oqibatida soat 14:30 holatiga köra ayrim elektr uzatiş tarmoqlari va podstantsiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.
Şu sababli, Toşkent şahrining Olmazor, Yakkasaroy, Çilonzor, Yunusobod, Yaşnobod, Mirzo Uluğbek, Sergeli tumanlari hamda Zangiota tumanidagi 8 250 nafar istemolçi elektr taminotidan vaqtinça uzilgan.
Bildirilişiça, ayni vaqtda maxsus brigadalar nosozliklarni bartaraf etiş va elektr taminotini qayta tiklaş işlari bilan şuğullanmoqda. Ayrim hududlarda esa yuqori yuklama, kabellardagi nosozliklar hamda avariyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida elektr taminotiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan.
Vazirlik istemolçilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr sörab, elektr taminotidagi rejali va favqulodda uzilişlar haqidagi malumotlar tuman elektr taminoti korxonalarining rasmiy Telegram-guruhlarida elon qilib borilayotganini malum qilgan.
“Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etiş va istemolçilarning elektr taminotini qayta tiklaş çoralari körilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söraymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda elektr energiyasi istemoli böyiça yangi rekord qayd etilib, mamlakat yagona energetika tizimida sutkalik elektr istemoli 284 million kilovatt-soatga yetgani haqida xabar berilgan edi.