Samarqandda VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi topildi
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylaşgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazişmalar davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyining memoriy qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
(14).png.jpg)
Agentlikka köra, tadqiqotlar Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari Amriddin Berdimurov, Husniddin Rahmonov va Nigora Mahkamovalar tomonidan amalga oşirilmoqda.
(15).png.jpg)
Qazişmalar natijasida yodgorlikning Ark (qala) qismida joylaşgan, milodiy VIII asrning birinçi yarmiga mansub saroy majmuasining memoriy tuzilişi oçib berildi.
(16).png.jpg)
Mutaxassislar uşbu inşootning quriliş uslubi ilk örta asrlar davridagi şaharsozlik, memorçilik va davlat boşqaruv tizimini örganişda muhim ilmiy manba bölişini takidlamoqda.
(17).png.jpg)
Bundan taşqari, qazişmalar davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroşlik namunalari ham topilgan. Hozirda uşbu topilmalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar işlari olib borilmoqda.
Arxeologlarning fikriça, yangi topilmalar Mingtepa yodgorligining siyosiy va madaniy hayoti, şuningdek, ilk örta asrlarda hududning tarixiy taraqqiyotini yanada çuqurroq örganiş va yangi ilmiy xulosalar çiqarişga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston janubidagi qadimiy tepaliklardan birida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ellinistik davrga oid yunon harbiy lageri izlari aniqlangandi.
Dilnura Urinova