Göştni samolyotda olib keliş böyiça imtiyoz muddati uzaytiriladi
Özbekistonda göştni samolyotda olib keliş böyiça imtiyoz yil yakunigaça uzaytiriladi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida söz bordi.
Qayd etilişiça, qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari çorvaçilikdagi haqiqiy holatni körsatib bergan. Ilgari malum qilingan raqamlarga nisbatan qoramollar soni 2,1 million boşga, qöy va eçkilar soni 1,5 million boşga kam çiqqan.
Birgina Qaşqadaryo viloyatida qoramollar soni 171 ming boşga, qöy va eçkilar 288 ming boşga kamligi aniqlangan. Bu uşbu viloyat hisobidan bozorga 50 ming tonna göşt va 120 million litr sut çiqmasligini anglatadi.
Çorvaçilik loyihalari uçun may oyida Qişloq xöjaligi jamğarmasidan 1 trillion söm ajratilgan. Bunga qöşimça ravişda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan yana 50 million dollar yönaltiriladi.
Mazkur mablağlar hisobidan çorva kompleksi taşkil etişga 5 milliard sömgaça, naslli qoramolçilik uçun 20 milliard sömgaça 10 foizli kredit ajratiladi. Kreditlar 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Yil yakunigaça çetdan 100 ming boş qoramol va 150 ming boş qöy-eçki olib keliş vazifasi qöyilgan.
Göştni samolyotda olib keliş böyiça imtiyoz yil yakunigaça uzaytiriladi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 1 apreldan 1 avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qöy göştini import qilişda, ularni havo transportida taşiş xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm göşt uçun 0,8 AQŞ dollaridan oşmagan miqdorda subsidiyalar ajratilişi belgilangandi.