USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev 240 mlrd sömlik yangi yöl ötkazgiçni közdan keçirdi

99 марта
Шавкат Мирзиёев 240 млрд сўмлик янги йўл ўтказгични кўздан кечирди

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi davomida A-373 va Toşkent katta xalqa yöllari kesişmasida barpo etilgan yangi yöl ötkazgiçni közdan keçirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur inşoot transport oqimini samarali taşkil etiş, yöl harakati xavfsizligini oşiriş, tirbandliklarni kamaytiriş hamda Toşkent şahri bilan Nurafşon örtasidagi qatnov vaqtini 10-15 daqiqaga qisqartirişga xizmat qiladi.

Bektemir va Örta Çirçiq tumanlari tutaşgan hududda 14,1 gektar maydonda barpo etilgan loyihaning qiymati 240 milliard sömni taşkil etdi. Obekt tarkibida uzunligi 66 metr, kengligi 46 metr bölgan köprik, 450 metrlik yer osti avtomobil yöli, ikkita ortga qayriliş yölagi, törtta yerosti piyodalar ötiş yölagi va 950 metrlik aylana halqa yöli qurilgan. Şuningdek, 9,5 kilometr piyoda va veloyölaklar, sakkizta jamoat transporti bekati, 240 ta taşqi yoritiş çiroği hamda 6 kilometr yöl tösiqlari barpo etilgan.

Yangi obektning işga tuşirilişi natijasida yönalişning kunlik ötkazuvçanlik quvvati bir neça barobarga oşib, 130 mingta avtotransport vositasiga yetadi. Bu esa poytaxt va Toşkent viloyati örtasidagi transport aloqalarini yanada yaxşilaş, tirbandliklarni bartaraf etiş hamda aholi uçun qulay harakatlaniş şaroitini yaratişga xizmat qiladi.

Prezidentga loyihaning texnik yeçimlari, transport oqimini boşqariş imkoniyatlari hamda kelgusida Toşkent – Nurafşon yönalişida tezyurar avtobuslar tizimini (BRT) yölga qöyiş böyiça rejalar haqida ham axborot berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkent – Samarqand yönalişidagi yangi yöl qurilişini boşlab bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: