USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Nurafşondagi Ijtimoiy himoya majmuasini borib kördi

47 марта
Президент Нурафшондаги Ижтимоий ҳимоя мажмуасини бориб кўрди

Bugun, 22 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligining yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatda aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, fuqarolarga körsatilayotgan davlat ijtimoiy xizmatlari kölami va turlarini kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Toşkent viloyatida ilk marotaba taşkil etilgan Ijtimoiy himoya majmuasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks xizmatlarni bir joyda körsatiş imkoniyatiga ega.

U yerda 5 ta muassasa – Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi, hududiy Ijtimoiy inspektsiya, Nurafşon şahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi hamda hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi joylaştirilgan.

Majmua barpo etilişi hisobiga har yili Nurafşon şahri hamda unga yaqin bölgan Örta Çirçiq, Piskent, Oqqörğon va Böka tumanlarida 10 mingga yaqin fuqaro ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Mazkur muassasada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning jamiyatga tölaqonli va mustaqil moslaşişiga kömak beriladi.

Şuningdek, hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida fuqarolarning individual ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda nodavlat sektor imkoniyatlarini keng jalb etiş orqali 5 turdagi ijtimoiy xizmatlar körsatilişi yölga qöyilgan.

Natijada köp yillar uyida ötirib qolgan va nogironligi bölgan şaxslar, özgalar parvarişiga muhtojlar, nogironligi bölgan bolalar jamiyatga integratsiya qilinadi.

Şu yerning özida davlat rahbari nogironligi bölgan şaxslarni yangi standart va suniy intellekt yordamida taşxislaş, Toşkent viloyat tajribasi asosida mahalladagi ijtimoiy xodimlarning yangiça işlaş mexanizmlari taqdimoti bilan tanişgan.

Prezident mazkur Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan şaroitlarni közdan keçirar ekan, aholining muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatga munosib moslaşişi hamda ijobiy ruhiyat bilan yaşaşiga kömaklaşiş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini takidlagan.

Şundan söng, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyatidagi “Inson” volontyorlari jamoasi bilan suhbatlaşib, ularning loyihalari bilan tanişgan. Majmua faoliyatini maqullab, respublika böylab şunga öxşaş hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari sonini uç barobarga oşiriş böyiça mutasaddilarga topşiriq bergan.

Malumot örnida aytiş mumkinki, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirib, hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari sonini respublikada kamida 90 taga yetkaziş maqsad qilingan. Bunda yangi markazlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi köp istiqomat qiladigan, transport qatnovi qulay hamda fuqarolar uçun yetib boriş oson bölgan hududlarda taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi çoğida Toşkent – Samarqand yönalişidagi yangi yöl qurilişini boşlab bergandi va A-373 va Toşkent katta xalqa yöllari kesişmasida barpo etilgan yangi yöl ötkazgiçni közdan keçirgan edi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Örta Çirçiq tumanidagi Qorasuv kanali böyida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: