Pezeşkiyon Şavkat Mirziyoyevga sim qoqdi
Bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida Eron Prezidenti davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va masuliyatli faoliyatida yangi zafarlar tilagan.
Özbekiston yetakçisi Yaqin Şarq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy taşviş bildirib, ayni paytda vazminlikni saqlaş va muloqotni qayta tiklaş har qaçongidan ham muhim ekanligini alohida takidlagan.
Telefon suhbati davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirişga kelişib olingan.
Özbekiston va Eron yetakçilari kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
Malumot uçun, bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 69 yoşga töldi.
Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida şifokor oilasida tuğilgan. Millati – özbek. Oliy malumotli, 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat körsatgan.
1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga katta hissa qöşgan.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda demokratik islohotlarni amalga oşiriş borasidagi muhim qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş jarayonida faol iştirok etib, samarali faoliyat olib borgan.
Şavkat Mirziyoyev 2003 yilda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri etib tasdiqlangan va uşbu lavozimga yana uç marta – 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlangan.
U 2016, 2021 va 2023 yillarda bölib ötgan prezident saylovlarida ğalaba qozonib, Özbekiston Prezidenti etib saylangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Özbekiston rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklagan edi.