Qozoğiston rahbari Şavkat Mirziyoyevni tavalludi bilan telefonda tabrikladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qozoğiston Prezidenti davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va qardoş Özbekiston xalqi farovonligi yölidagi davlatçilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Muloqot davomida Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaş masalalari muhokama qilingan.
Şuningdek, barça yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik surati ortib borayotgani, jumladan, tovar ayirboşlaş hajmi oşayotgani, ustuvor tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan hamda bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini körib çiqqan.