USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva Toşkentdagi muhim obektlarni közdan keçirdi

118 марта
Саида Мирзиёева Тошкентдаги муҳим объектларни кўздан кечирди

Bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahridagi muhim obektlarni közdan keçirdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.

Saida Mirziyoyevaning bildirişiça, Toşkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, şaharda yaşil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat boğlari barpo etiş va atrof-muhitni kökalamzorlaştiriş – poytaxt kelajagi uçun eng zarur ustuvor yönalişlardan.

“Aynan şu sababdan şahardagi qator muhim obektlarni borib kördim. Har bir maskanning öz örni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta — ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantiriş.

Afrosiyob köçasidagi boğni közdan keçirdik. Bu yerda barça emin-erkin dam olişi uçun zarur şaroitni yaratiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Sayilgoh köçasi, Amir Temur şohköçasi va unga tutaş hududlarni yangilaş, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Uluğbek nomidagi boğ maydonlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildik”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Şuningdek, u asosiy vazifa – poytaxtga “yaşil şahar” maqomini qaytariş, odamlar mazmunli hordiq çiqarişi va sayr qilişi uçun imkon qadar köproq oçiq maydonlar yaratiş ekanini qayd etgan va qulay va xavfsiz muhitni rivojlantiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini izçil davom ettiriş hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş lozimligini bildirgan.

“Şahar aholisining turmuş darajasini yaxşilaş yölida bu masalalarni hal etişga zudlik bilan kirişmoq juda muhim”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: