Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
15 yil işlagan tibbiyot xodimlarining farzandlari uçun kontrakt tölovining 30 foizigaça qoplab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan bölib, hujjat Prezidentning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi 336-sonli qarori ijrosini taminlaş maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga köra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bölgan, amalda faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari respublika oliy talim taşkilotlarida bakalavriat yönalişida öqişi uçun tölov-kontrakt summasining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Subsidiya yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida ajratiladi. Biroq tölanadigan mablağ bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan oşmasligi kerak.
Bunda, masalan, yillik kontrakt summasi 20 mln söm bölsa, uning 30 foizi yani 6 mln söm qoplanadi. Yuqori kontrakt summalarida esa subsidiya belgilangan maksimal miqdor bilan çeklanadi.
Imtiyozdan foydalaniş uçun ota-ona davlat tibbiyot muassasasida işlayotgan bölişi va kamida 15 yillik iş stajiga ega bölişi lozim. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topşiriladi.
Arizalarni körib çiqiş jarayoni elektron şaklda amalga oşiriladi. Xodimning iş joyi va staji, farzand bilan qarindoşlik hamda talabaning oliy talimdagi holati tegişli axborot tizimlari orqali avtomatik tekşiriladi.
Şuningdek, qaror bilan davlat tibbiyot muassasalarida işlayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun ayrim davlat xizmatlari böyiça 50 foizlik çegirmalar ham joriy qilinmoqda.
Mazkur imtiyozlar kadastr, elektron raqamli imzo, ayrim sertifikatlar, apostil, malumotnomalar oliş hamda oliy talimga qabul bilan boğliq xizmatlarga tatbiq etiladi.
Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil 10 oktyabrdagi qarori bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş, jumladan, 15 yillik iş stajiga ega xodimlar farzandlarining kontrakt tölovlarini qoplaş böyiça qator imtiyozlar belgilangan edi.