Energetikada muammo mablağda emas, tizimning boşqaruvida! – Şavkat Mirziyoyev
Şavkat Mirziyoyev energetika tizimidagi muammolar sohaga kam pul ajratilganida emas, balki tizimning özida ekanligini aytdi. Bu haqda Prezident bugun, 27 iyul kuni yoqilği-energetika tarmoğida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida söz oçdi.
Davlat rahbari sönggi ön yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oşirilganini, qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uçun yöl oçilganini takidlagan.
Prezident investorlar bilan bir neça bor şaxsan uçraşib, ularning takliflarini eşitganini qayd etgan. Har bir yirik loyihani amalga oşiriş uçun şaroit yaratilib, zarur kafolatlar berilganini bildirgan.
Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan hamda joylarda 9,5 gigavattli elektr stantsiyalari işga tuşirilgan. Şu tariqa generatsiya böyiça içki ehtiyojni töliq qoplaydigan quvvatlar yaratilgan.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstantsiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlaş qurilmalarini yangilaş uçun 30 trillion söm ajratilgan. Bu oldingi 25 yilda yönaltirilgan mablağdan 6 karra köp.
“Oçiq aytiş kerak. Energetikada muammo mablağda emas, çunki qança kerak bölsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boşqaruvida!” – degan Prezident.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezidentining tegişli farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etilgandi.